O‘zbekiston | 18:45 / 17.03.2023
16456
1 daqiqa o‘qiladi

«Har bahorda shu bo‘lar takror» - final chiptalari qo‘lga chiqib ketgan

Ertaga, 18 mart kuni O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi U-20 turniri yakunlanadi. Finalda mezbonlar Iroq yoshlar jamoasi bilan to‘qnash keladi. 

O‘yinni stadiondan ko‘rishni istaganlar talaygina, ammo chipta topishda va sotib olishda muammolar bor. Vaziyatni o‘rganish uchun «Bunyodkor» stadioni kassalariga bordik. 

Guruh bosqichi o‘yinlarida talab yo‘qligi uchun chiptalar asosan talabalarga tarqatilgan bo‘lsa, final uchun qator-qator navbatlar yuzaga kelgan. Kassalar soni kam va mavjudlari ham vaqti-vaqti bilan ishlamoqda. Navbatlarda turib, sog‘lig‘i yomonlashganlar ham bor.

Chiptalarning katta qismi qo‘lga chiqib ketgan va ehtiyot bo‘lish kerakki, ular orasida qalbakilari ham mavjud. 25-50 ming so‘mlik chiptalar 150-200 ming so‘mdan, markaziy sektorlar esa 500 ming so‘mgacha sotilmoqda.

I'Ticket'da chiptalar yo‘q. Boshqa platformalarda esa chiptalar hatto 500 ming so‘mdan qimmatga sotilmoqda.

Muxbir — A’zamjon Izzatillayev, 
Tasvirchi — Javohir G‘ayratov

Mavzuga oid