Parij-2024. Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarimfinalda
O‘zbekiston delegatsiyasi boks bahslarida navbatdagi medallarni naqd qildi.
Chorakfinalda -57 kg vaznda Abdumalik Xalokov ispaniyalik Xose Kuiles Brotonsni, -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa daniyalik Nikolay Terteryanni 5:0 hisobida mag‘lub etishdi va kamida bronza medalini kafolatlashdi.
Xalokov final yo‘llanmasi uchun 8 avgust kuni avstraliyalik Charli Seniorga qarshi ringga ko‘tarilsa, Mo‘ydinxo‘jayev 6 avgust kuni amerikalik Omari Jons bilan ro‘baro‘ keladi.
Bungacha o‘zbekistonliklardan Lazizbek Mullojonov (-92 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) va Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham yarimfinal masalasini ijobiy hal qilishgandi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parij Olimpiadasida kafolatlangan medallari 8 taga yetdi. 5 bokschining qanday medal olishi yarimfinal yoki finallarda ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari avvalroq dzyudoda 1 ta oltin va 2 ta bronza qo‘lga kiritilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
01:08 / 11.08.2024
7-oltin! Abdumalik Xalokov - Olimpiada chempioni
00:46 / 10.08.2024
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Olimpiada chempioni
01:59 / 09.08.2024