O‘zbekiston | 13:59 / 15.02.2022
8099
6 daqiqa o‘qiladi

Planbaby – ota-ona bo‘lish baxtiga to‘g‘ri qadam

Foto: Planbaby

Befarzandlik azoblari qachon tugaydi? Plan-baby.uz loyihasi shu savollar atrofida izlandi va Mammolin hamda Sperolin preparatlarini O‘zbekistonda qadoqlash texnologiyalarini joriy etdi. Kompaniya vakillari ayni kunlarga qadar 2000 dan ortiq mijozlardan xushxabarlarni qabul qilib olgan. Ular ovozli, video va SMS xabarnoma shaklida minnatdorlik so‘zlarini yo‘llamoqdalar.

Kompaniya “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda qator loyihalarni yo‘lga qo‘yib, natijaga erishgan mijozlarni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlab bormoqdalar. Kimlardir 6 oy, kimlardir 6, 8, 10 hatto 18, 20 yillab zurriyot kutgani haqida so‘zlab, boshidan o‘tkazgan azoblar Plan baby'ga murojaat qilganidan so‘ng, qisqa oylarda unut bo‘lganini aytib beryapti.

Navoiylik oila: 45 ga kirganda ota-ona bo‘ldik. Ko‘rmagan azoblarimiz qolmadi. Juda ko‘p joylarga davolanish uchun bordik. Hammasi natijasiz kechaverdi. Bir kuni televizorda Doktor Dning Mammolin va Sperolin haqidagi tavsiyalarini eshitib qolib, qo‘ng‘iroq qildik, mutaxassislar konsultatsiya berdi. Olib kelib berishdi. 2 oy ichdik, ixlos qildik, ishondik natija bo‘ldi. Endi u kunni ta’riflab bera olmayman sizga. O‘zimizda yo‘q xursand edik. Onamning ismini qo‘ydim. Alloh sizlarni sababchi qilganiga shukur.

Nega aynan Plan baby loyihasining Mammolin va Sperolin preparatlari?

Preparatlar Germaniyaning Shternvitamin kompaniyasidan keltiriladi va Germaniya texnologiyalari yordamida O‘zbekistonda qadoqlanadi. Maxsus falga qog‘ozlariga o‘ralgan holda mijozlarga yetkazilishining ham sababi bor. U preparatlarning issiq-sovuq sharoitlarda ham sifati o‘zgarmasligini ta’minlaydi. Qadoq ustida maxsus belgi mavjud bo‘lib, u mahsulotning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Mammolin va Sperolin vositalari «Halol» sertifikatini olgan. Ishlab chiqarish zanjiri ISO 22000 sertifikati talablariga to‘la javob beradi.

Mahsulotni o‘zbekistonlik bir qator kuchli mutaxassislar ham sinovdan o‘tkazgan. Monoterapiya, ya’ni hech qanday qo‘shimcha vositalarsiz faqatgina Mammolin va Sperolin preparatlari yordamida qilingan muolajalar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatgan. Xususan bepushtlikdan davolash sirlarini egallash maqsadida Ukraina, Moskva, AQSh va Isroilda bilimini oshirgan yetuk mutaxassis Dilmurod Ergashev (Doktor D) ushbu preparatlarning foydalari haqida batafsil tushunchalar ham berib keladi.

Albatta o‘qib chiqing! Yuqorida aytib o‘tilgan preparatlar qanday holatlarda yordam beradi?

Sperolin erkak organizmida: spermatozoidlarning morfologiyasini normalizatsiya qiladi; spermatozoidlarning harakatlanishini va konsentratsiyasini oshirib beradi; eyakulyat hajmini ko‘taradi; kichik chanoq va bosh miyada qon aylanishini yaxshilab beradi; E vitamini va sink yetishmasligini bartaraf etadi, spermatogenezni kuchaytiradi; spermaning quyuq-suyuqligini normalizatsiya qiladi, kuch-quvvatga to‘ldirib, potensiyani oshiradi; stressdan xalos etib, erkaklarning reproduktiv salomatligini yaxshilaydi. Mammolin preparati ayollarga tavsiya etilib: stress va yuqori emotsional zo‘riqishlardan keyin organizmni tiklaydi; menstrual siklni normallashtiradi, hayzning o‘z vaqtida, og‘riqlarsiz kelishini ta’minlaydi; follikulalarning o‘z vaqtida yetilib, o‘z vaqtida yorilishiga yordam beradi; ayol tanasini homiladorlikka tayyorlaydi aminokislota, vitamin va mineral moddalar bilan to‘yintiradi; homilaning yaxshi rivojlanishini ta’minlaydi, abortlarning oldini olib, toksikozlar yengil o‘tishida yordam beradi. Farzand rejalashtirishda Plan Baby'ning Mammolin va Sperolin vositalariga suyaning.

Plan Baby mijozlarining fikrlari inobatga olinib , Plan Baby klinikasi tashkil etildi, u yerdagi asosiy  yo‘nalishlar: ginekologiya, urologiya, bolalar nevrologiyasi, endokrinologiya, kardiologiya va statsionar davolash. Bundan tashqari,  boshqa yo‘nalishlarda ham konsultatsiya beriladi. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan manzil, siz uchun 8:30 dan 17:00 gacha ishlaydi, u yerda vaqtingizni ketkazib, kutib qolmasligingiz uchun,  yuqoridagi soatlar oralig‘ida  (71) 200-08-05 raqamiga murojaat qilasiz va klinika xodimlari sizni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Siz esa belgilanadigan vaqt oralig‘ida klinikaga tashrif buyurasiz. Sizni kutib olish, kerakli bo‘limga kuzatish va ishonchli qo‘lga topshirish klinikadagi xodimlarning zimmasida.

“Bizning nomimizdan foydalanib ish yuritayotgan, yolg‘on ma’lumotlar bilan ishonchingizga kirish yo‘lidan borayotgan yoki BFQ larni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda ham sizga o‘z mahsulotlarini tavsiya qilayotgan boshqa ba’zi kompaniyalardan ehtiyot bo‘ling”, — deydi Plan baby loyihasi vakillari.

Plan baby'dan bepul maslahat olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda esa natijaga erishganlarning his-hayajonlarini doimiy kuzatib borish imkoniga egasiz.

Tel: 

71 200 03 93
93 555 03 93 
94 211 03 93

Sayt: www.plan-baby.uz

Instagram: @planbaby_doraline

Telegram: t.me/DoraLine_company

Reklama huquqi asosida