Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 170ta yilqichilik xo‘jaliklari tashkil etiladi
“O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
2021–2025 yillarda quyidagilar tashkil etiladi:
- 67ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti turlari, shu jumladan zamonaviy beshkurash bo‘yicha 52ta, polo bo‘yicha 15ta bo‘lim;
- har bir olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti va zamonaviy beshkurash bo‘limlari;
- naslli va zotdor otlarni ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 170ta yilqichilik xo‘jaliklari.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ot sporti bo‘yicha mehnatni rag‘batlantirishda usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshlig‘i (brigadir) – trenerga, veterinar-shifokor – shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar – hamshiraga tenglashtiriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan:
- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash bo‘yicha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi ochiladi;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida ot sporti bo‘yicha bakalavriat ta'lim yo‘nalishining maxsus sirtqi ta'lim shakli ochiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab har yili ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlari tashkil etiladi.
2022 yil 1 sentyabrgacha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 o‘rinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport maneji barpo etiladi.
Mavzuga oid
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024
Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi
13:31 / 19.07.2024