O‘zbekiston | 07:54 / 01.06.2022
11793
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT rahbari O‘zbekistonga keladi

YeXHT amaldagi raisining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Global Look Press

2022 yilning 2-4 iyun kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida parlament, Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar, shuningdek, qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Muzokaralar va uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning YeXHT bilan o‘zaro hamkorligi va O‘zbekiston-Polsha ikki tomonlama munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Zbignev Rauning Samarqand shahriga tashrifi ham ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid