O‘zbekiston | 15:00 / 11.10.2024
5004
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tadbirkorlar uchun onlayn hisobraqam ochish: Tenge Bank mobil ilovasini o‘zingiz uchun kashf eting

Foto: Tenge Bank

Endilikda Tenge Business ilovasi orqali moliyani masofaviy boshqarish mumkin. Tenge Bank doimo mijozlar bilan o‘zaro munosabat jarayonini soddalashtirishga va moliyaviy xizmatlarni zamonaviy bozor talablariga moslashtirishga intiladi. Endi Tenge Business mobil ilovasining yangi imkoniyatlari tufayli uzoq va byurokratik jarayon tez hamda qulay bo‘ldi. Ushbu ilova orqali tadbirkorlar bankka tashrif buyurmasdan va bir qator hujjatlarni taqdim etmasdan onlayn hisob raqamini ochishlari mumkin.

Endilikda yuridik shaxs hisob ochish uchun Tenge Business mobil ilovasini yuklab olishi va o‘rnatishi, identifikatsiyadan o‘tishi, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini kiritishi kifoya.

“Tadbirkorlar bank hisobraqamini ochishda duch keladigan asosiy muammolardan biri ariza ko‘rib chiqish muddati va byurokratiyadir. Bizning maqsadimiz – yuqori sifatli va innovatsion xizmatlarni taklif qilish orqali mijozlar tajribasini osonlashtirish va soddalashtirish, hamda shu orqali ularning ehtiyojlarini qoniqtirish darajasini oshirish hisoblanadi”, — deb ta’kidladi Tenge Bank korporativ biznes departamenti direktori Bayan Abildayeva.

“Digital Uzbekistan-2024” 4-Xalqaro PLUS forumida Tenge Business ilovasining yangi funksiyalari taqdim etilganidan buyon ko‘plab biznes vakillari raqamli xizmatdan foydalanishga muvaffaq bo‘lishdi va ular o‘z navbatida jarayon tezligini, qulayligini va innovatsion yondashuvini ta’kidlab o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Tenge Business “ PLUS Galaxy Award 2024” tanlovi doirasida “Biznes uchun eng yaxshi mobil bank” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan edi.

Tenge Business mobil ilovasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) shu’ba korxonasi hisoblanadi.

Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri bo‘lib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.

Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.

Tenge Business mobil ilovasini yuklab olish.

E-mail: info@tengebank.uz

Web-cahifa | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid