Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shineray – importdan mahalliy yetakchilikkacha: endi Asaka motors zavodida ishlab chiqariladi
Xitoyning Shineray brendi endi O‘zbekistonda – Sirdaryodagi Asaka motors zavodida ishlab chiqariladi. Zavodda kuniga 100 dona, oyiga 1500 dona avtomobil ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston yo‘llarida tobora ko‘proq ko‘rinish berib, kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan Shineray tijorat avtomobili brendi so‘nggi yillarda nafaqat ishonchli transport vositasi, balki mahalliy bozorda muvaffaqiyatli lokallashgan texnologik hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Boshlanish: import va Luxe Motors bilan hamkorlik
2021 yilda Shineray O‘zbekistonga Luxe Motors kompaniyasi orqali kirib keldi. Avvalboshda — import orqali, keyinchalik esa modellarni mahalliy muhitga moslashtirish orqali brend o‘z salohiyatini to‘la ochib berdi. 2023 yilga kelib, Shineray’ning O‘zbekistondagi oylik sotuvi 600 donaga yetdi va bu ko‘rsatkich bilan u import tijorat avtomobil brendlari orasida yetakchiga aylandi.
“Bu brend O‘zbekistonga kirib kelganiga 5 yil bo‘ldi. Bu avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni 5 yil kutdik. Shu vaqt ichida biz 30 mingdan ortiq mijozlarga avtomobillar tarqatdik. Ularni yurtimizda ishlab chiqarish har tomonlama manfaatli bo‘ladi.

Bu zavodda Shineray X30, X30L, T30, T32 kabi modellar ishlab chiqariladi. Endi bu avtomobillarning narxlari sezilarli darajada tushadi. Har bir viloyatda o‘z filialimiz bo‘ladi. Texnik xizmat, ehtiyot qismlar yetkazib beriladi.
Bir oyda 3000 ta avtomobil sotishni reja qilyapmiz. Zavodimiz kuniga 100 dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega”, — dedi ...
Shineray’ning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri — mahalliy sharoitga moslashuv va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘ldi. Yo‘llar, iqlim, logistika ehtiyojlarini inobatga olgan holda, CNG (komprimlangan tabiiy gaz) tizimiga moslashtirilgan maxsus modellar yaratildi.
Shineray nafaqat avtomobil sotish, balki xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va personal tayyorlashni ham qamrab olgan keng ko‘lamli tizimni joriy etmoqda. Mahalliy kadrlar maxsus o‘quv dasturlari orqali yig‘ish, xizmat ko‘rsatish va diagnostika kabi yo‘nalishlarda tayyorlanmoqda.

Ijtimoiy hayotda ham ishtirokchi
2024 yilda Shineray “Paxtakor” futbol klubining oltin hamkoriga aylandi. Bu nafaqat brendning mahalliy madaniyat va sportni qo‘llab-quvvatlashini, balki “birlashish va birgalikda o‘sish” g‘oyasini amalda ko‘rsatdi.
Bugungi kunda Shineray butun O‘zbekiston bo‘ylab integratsiyalangan dilerlik va servis markazlari tarmog‘ini yaratib ulgurdi. Bu nuqtalar orqali sotuv, texnik xizmat va ta’mirlash kabi keng xizmatlar taklif etilmoqda. Shuningdek, mahalliy logistika va avtotashuv kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

“Aqlli ishlab chiqarish” va texnik ustunlik
2025 yilning birinchi yarmida Shineray'ning O‘zbekistondagi umumiy sotuvi 2000 donaga yetdi. Mikro tijorat avtomobillari segmentida ulushi 50%dan oshib, 3 yil ketma-ket yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Bu muvaffaqiyat ortida «Shineray Architecture» platformasiga asoslangan innovatsion ishlab chiqarish tizimi turadi. Brend butun ishlab chiqarish zanjirini — tadqiqotlardan to sifat nazoratigacha — o‘z qaramog‘iga olgan.
Kompaniya jahon bo‘ylab 4 ta asosiy ishlab chiqarish bazasi (Xitoy, Vetnam, Italiya) va 10 dan ortiq SKD (yig‘ish) zavodiga ega. Yiliga 400 ming avtomobil va 300 ming dvigatel ishlab chiqarish salohiyati mavjud.
O‘zbekistondagi lokallashuv jarayoni Asaka Motors bilan hamkorlikda amalga oshmoqda. Bu nafaqat ish o‘rinlari yaratilishi, balki sifatli mahsulotlarni tezkor va maqbul narxlarda bozorga yetkazish imkonini beradi.
Shineray’ning CNG dvigatelli modellari — energiya tejamkor va ekologik jihatdan qulay yechim sifatida e’tirof etilmoqda. Masalan, T30 modeli evro 6 standartiga kiradigan ekologik toza avtomobil hisoblansa, T50S esa qishdagi gaz taqchilligi muammosini yechish uchun qo‘shimcha bak bilan jihozlangan.
Shineray — intellektual hamkorlik ifodasi
Shineray nafaqat transport vositalarini sotadi, balki intellektual lokal sherik sifatida O‘zbekiston avtomobil bozorida barqaror va uzoq muddatli ta’sirni shakllantirmoqda.
· Texnologik bazasi mustahkam
· Mahalliy ehtiyojlarga mos
· Ish o‘rinlari va kadr salohiyatini oshiradi
· Madaniyat va sportni qo‘llab-quvvatlaydi
· Yirik hajmda mahsulot yetkazib bera oladi
Bu nafaqat Xitoy–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining yana bir muvaffaqiyatli namunasi, balki global brendlar mahalliy bozorga qanday moslashishi mumkinligining real modeli hisoblanadi.
Telefon: +998910880303
Sayt: shineray.uz
Instagram: shineray_uzb
Telegram: https://t.me/Shineray_uz
Reklama huquqi asosida