Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘smirlari Panamaga 6 ta gol urdi
Guruh bosqichi yakunidagi o‘ta yirik hisobdagi g‘alaba o‘zbekistonliklarga ikkinchi o‘rin bilan 1/16 final yo‘llanmasini taqdim qildi.
Foto: UFA
FIFA U17 jahon chempionati
Qatar, Doha, 11 noyabr, Aspire akademiyasi maydoni
O‘zbekiston U17 – Panama U17 6:1
Gollar: Abubakir Shukurullayev (48), Sadriddin Hasanov (52), Sayfiddin Sodiqov (67), Jamshidbek Rustamov (90+1), Asilbek Aliyev (90+5), (90+7 pen) - Jozef Pacheko (90+10)
Bosh hakam: Oleksey Derevinskiy (Ukraina)
O‘zbekiston: Ibrohim Shokirov, Muhammad Hakimov, Mo‘minxon Baxodirxonov, Mirzaziz Abdukarimov (Abdulmalik Anvarov 46, Qahramon Turg‘inov 85), Sadriddin Hasanov, Muhammad Habibullayev (Asilbek Aliyev 46), Sayfiddin Sodiqov (Behruz Saidmurodov 69), Muhammadali Musaxanov (Jamshidbek Rustamov 69), Azizbek Abdumo‘minov, Abubakir Shukurullayev, Azizbek Erimbetov
Panama: Adamir Aparitsio, Entoni Ramos, Jozef Pacheko, Shayro Styuart, Pablo Aranda, Estevis Lopes, Anxel Jyeyms, Adrian Olivardia, Stefen Dominges, Edgardo Tovares, Moyses Sedeno.
Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
J guruhida O‘zbekiston U17 jamoasi 11 noyabr kuni guruh bosqichining 3-turi doirasida Panamani 6:1 hisobida yengdi.
Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Ammo hisobni ochish uchun yaqqol imkoniyat Panama futbolchilarida bo‘ldi. 21-daqiqada raqib futbolchisi Estevis Lopes penaltini aniq amalga oshirolmadi. Uning zarbasini darvozabon Ibrohim Shokirov qaytara oldi.
Ikkinchi bo‘limda ustunlik o‘zbekistonliklarga o‘tdi va ular ketma-ket hujumlar natijasida Panama darvozasini uch marta ishg‘ol etdi. 48-daqiqada Abubakir Shukurullayev, 52-daqiqada Sadriddin Hasanov, 67-daqiqada Sayfiddin Sodiqov gollari hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. So‘nggi daqiqalarda Jamshidbek Rustamov, Asilbek Aliyev va Abdusamad Saidov ham gol urishga erishdi. Yakunda Panama bitta javob to‘pini kiritdi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Irlandiya va Paragvay 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Bu natijalardan so‘ng, Irlandiya 7 ochko bilan guruhda birinchi, O‘zbekiston 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, 1/16 finalga yo‘l oldi. Paragvay hisobida 4 ochko bor, Panama ochkosiz qoldi.
O‘zbekiston U17 terma jamoasining pley-off bahslaridagi raqibi keyinroq, barcha guruh o‘yinlari yakunlanganidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Mavzuga oid
23:48 / 18.11.2025
Bu jamoa bilan yo‘lim tugadi – Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 bilan xayrlashdi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:56 / 15.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionati 1/8 finaliga chiqdi
22:47 / 11.11.2025