O‘zbekiston | 07:46 / 22.03.2019
22026
3 daqiqa o‘qiladi

Mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari xatlovdan o‘tkaziladi

Foto: 123RF

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan sarf-xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

a) 2019 yil 1 avgustga qadar mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini har bir fermer xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi korxonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini aniqlash nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazadi va iqtisodiy samarador yangi bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish bo‘yicha takliflar kiritadi;

b) 2019 yil 1 sentyabrga qadar:

keyinchalik meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tavsiyalar berib borish maqsadida mevali ko‘chatlarning yuqori hosilli navlarini tanlab olish va ularni yetishtirishning hududiy chegaralarini aniqlash nuqtai nazaridan tabiiy-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rayonlashtirishni amalga oshiradi;

ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bog‘larning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bog‘ plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatda o‘zlashtirilmagan yerlarda yer osti suv resurslarining mavjudligi va ularning qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqliligiga alohida e'tibor qaratib, mavjud yer osti suv resurslarining miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda yer osti suvlari xaritalarini ishlab chiqadi.

Mavzuga oid