Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga taşrifi doirasida yiğiliş ötkazdi.

Yiğilişda aytilişiça, Toşkent viloyatida qişloq yerlari Andijondan 1,5 karra köp. Lekin, yetiştiriladigan mahsulot hajmi bir xil. Viloyatda 1 gektardan örtaça daromad Andijondan 2 karra, Namangan va Farğonadan 1,5 baravar, Buxorodan 1,3 baravarga kam.

Sönggi uç yilda viloyatdagi 21 ming gektar yer dehqonçilik uçun 51 ming nafar aholiga berildi. Lekin, yil boşidan bor-yöği 72 mln dollarlik meva-sabzavot eksport böldi. Bu – ötgan yilgidan kam.

Viloyatdagi samarasiz 2 200 gektar boğ va tokzor hisobiga yiliga 10 mln dollar eksport yöqotilyapti. Suv tejovçi texnologiya böyiça Toşkent viloyati eng oxirgi örinlarda.

Bu borada viloyat hokimining qişloq xöjaligi böyiça birinçi örinbosari Botir Alimbekov Toşkent viloyati qişloq xöjaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni işlata olmagani uçun lavozimidan ozod etildi.

Prezident yaqinda boğdorçilik böyiça yangi tizim joriy qilinganini ta’kidlab, Ohangaron va Böstonliqda 1 ming gektardan adir va toğ oldi yerlarida malina va golubika plantatsiyasini, Parkentda 2 ming gektar va Ohangaronda 1 ming gektarda uzum va gilos boğlarini taşkil qiliş imkoniyatlarini körsatib ötdi. Bu orqali 5 ming aholini, ayniqsa kambağal oilalardan bölganlarni daromadli qiliş mumkin.

Mutasaddilarga bir yilda 2,2 ming gektar boğ va tokzorni yangilaş, Angrenda anor şarbatini işlab çiqarişni boşlaş, Ohangaron tumanida olxörini qayta işlaş quvvatini yaratiş topşirildi.

Umuman, viloyatni boğdorçilik böyiça namunali hududga aylantirib, eksportni 300 mln dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda viloyatda kambağallikni qisqartiriş rejalari körib çiqildi. Prezident viloyatda “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kelasi yili 116 ming aholini kambağallikdan olib çiqiş böyiça hisob-kitoblarni ma’qullamadi.

“Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan şaroitlar hisobiga viloyatda kambağal oila qolişini özi uyat”, – dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, Toşkent viloyati kiçik biznes orqali aholini işli qiliş böyiça respublikada eng oxirgi örinlarda turibdi. Viloyat sanoatining atigi 25 foizi kiçik biznesga töğri keladi. Yoki, oilalar daromadida kiçik biznes uluşi 1,5 foizni taşkil qiladi.