Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda zamonaviy loyiha – “Qarshi Mall” gipermarketi ochildi
Foto: Qarshi Mall
Qarshi shahrida loyiha qiymati 12 mln AQSh dollari bo‘lgan yirik gippermarket – “Qarshi Mall” savdo majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu loyiha “SXF CONSTRUCTION GROUP” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, majmuaning ochilishi qarshiliklar uchun ko‘pgina qulayliklar olib keladi.
Savdo kompleksi tarkibida oziq-ovqat, maishiy texnikalar va kiyim-kechak do‘konlari hamda ovqatlanish shoxobchalari ham mavjud. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bolalar uchun xavfsiz o‘yingoh ham qurildi.


Majmua ochilishi bilan 500 ta ish o‘rni yaratildi.



“SXF CONSTRUCTION GROUP” kompaniyasi kelgusida barcha viloyatlar markazlarida xuddi shunday zamonaviy savdo majmualarini qurishni rejalashtirgan. Hozirgi vaqtda Samarqand shahri hamda Urgut tumanida shu kabi majmualar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy avtoturargohlar qurish ham ko‘zda tutilgan.