Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EMU University – zamonaviy kadrlar tayyorlashga yangicha yondashuv
EMU University mamlakatimiz prezidenti tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 28 iyulda berilgan litsenziyasi asosida tashkil etilgan.
Foto: EMU University
Bugungi kunda EMU universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti bo‘yicha Yevropa ta’lim standartlariga muvofiq 3 ta yo‘nalish: davolash ishi, stomatologiya va farmatsevtika yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Davolash ishi fakultetida o‘qish muddati 6 yil, stomatologiya va farmatsiya fakultetida 5 yil.

Ayni paytda respublikamizda zamonaviy kadrlar tayyorlashda abituriyentlarni ko‘proq jalb etish, shuningdek, mamlakatimizda shifokorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadida yosh va izlanuvchan talabalarga alohida e’tibor qaratilmoqda va har yili EMU talabalari uchun 20 davlat grant o‘rinlari ajratilayotganligi buning isbotidir.
Shuningdek, EMU universiteti ta’sischilari tomonidan tahsil olish jarayonida muvaffaqiyatlarga erishayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan va universitetning ichki tartib-qoidalariga ko‘ra, har bir semestr yakunida to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talaba yuqori darajadagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan taqdirda keyingi semestrda o‘qishni grant asosida davom ettira oladi.

2023-2024 o‘quv yili uchun 6000 dan ortiq abituriyentdan o‘qishga qabul qilish arizalari kelib tushgan. Ta’kidlash joizki, iqtidorli abituriyentlarni, shuningdek, olimpiada g‘oliblarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida EMU universiteti respublika va xalqaro fan olimpiadalar g‘oliblarini imtihonlarsiz qabul qiladi va ta’sischilar joriy etgan grant o‘rinlari ajratadi.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar hamda maktablarni oltin, kumush va bronza medallari bilan tamomlagan abituriyentlarga o‘qishning birinchi semestrida shartnoma narxidan 10 foizgacha chegirma taqdim etiladi
Shuningdek, abituriyentlarni imtihonlarga tayyorlash sifatini oshirish hamda universitetning ichki hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida EMU universitetida “Medical foundation” tayyorlov kursi faoliyat yuritmoqda.

Tayyorlov kursi doirasida o‘quv yili davomida universitetning birinchi kursida o‘qitiladigan fanlarga mos ravishda tuzilgan dastur asosida kimyo, biologiya, anatomiya, gistologiya va fiziologiya fanlari o‘qitiladi. O‘qish jarayonida abituriyentlar universitetning laboratoriya va simulyatsiya markazlarida amaliy ko‘nikmalarni o‘rganishadi va mustahkamlashadi, bu esa o‘z navbatida abiteriyent o‘qishga kirgandan so‘ng universitet ta’lim tizimiga tez moslashishga yordam beradi. “Medical foundation” yakuniy imtihonlari natijalariga ko‘ra abituriyentlar EMU universitetiga ta’sischilar joriy etgan grant o‘rinlari asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Universitet ta’limga jiddiy yondashishi bilan ajralib turadi va nafaqat qiziqarli o‘quv dasturlari va moderatsiya tizimini taklif qiladi, balki talabalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishga ham e’tibor qaratadi. Universitet talabalari so‘nggi yillarda tibbiyot oliygohlari talabalari o‘rtasidagi xalqaro va respublika olimpiadalarida 100 dan ortiq g‘alabalar va yutuqli o‘rinlar sovrindorlari bo‘lishdi.
EMU universitetida o‘quv jarayonida amaliyotga katta e’tibor qaratilmoqda, universitetning o‘quv xonalari, laboratoriyalari va simulyatsiya markazlari zamonaviy jihozlangan va talabalar o‘qishning birinchi kunidanoq har bir fan bo‘yicha darslarning nazariy qismini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlaydilar.

Universitetda kimyo, fizika, ortopedik stomatologiya, fiziologiya va gistologiya fanlari bo‘yicha beshta laboratoriya, to‘rtta simulyatsiya markazi, imtihon markazi va talabalarga qulayliklar yaratish uchun ikkita zamonaviy jihozlangan open space shaklidagi kutubxona mavjud.
EMU universitetida interfaol texnologiyalar bilan integratsiyalashgan ta’lim universitetining o‘ziga xos ULS interaktiv ta’lim platformasida olib boriladi, bu platformaga nafaqat talabalar, balki ularning ota-onalari ham kirish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular o‘z farzandlarining o‘zlashtirishini onlayn tarzda ko‘rib borishlari mumkin.
ULS ta’lim platformasida ishlash uchun har bir talabaga universitet tomonidan o‘qish muddati tugagunga qadar foydalanish uchun planshet taqdim etiladi.

Bundan tashqari, universitetda ko‘p tarmoqli ambulator klinika tashkil etilgan bo‘lib, unda 1-3-kurs talabalarining amaliyot o‘tashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bugungi kunga qadar o‘ttizdan ortiq yetakchi davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ilmiy markazlar va xususiy klinikalar bilan kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, ularda talabalar amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydilar.

Shu bilan bir qatorda, universitetning yangi kampuslari va birinchi gospitalini yaratish ishlari olib borilmoqda. 2024-2025 o‘quv yilida universitet shifoxonasining har biri kamida 200 o‘ringa ega bo‘lgan yuqori texnologiyali uchta filiali va universitetning ikkita yangi kampusini ochish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, bugungi kunda xorijlik abituriyentlarning universitetga qiziqishi ortib borayotgani bois 300 o‘rinli zamonaviy yotoqxona qurish ko‘zda tutilgan.
Mamlakat rahbariyati tomonidan qo‘yilgan fan va ta’lim sohasini, o‘rta maxsus ta’limning kasb-hunar tizimini yanada takomillashtirish va ta’lim sohasida yagona klasterni tashkil etish kabi vazifalarni bajarish maqsadida 2022-2023 o‘quv yilida birinchi nodavlat EMU tibbiyot texnikumi o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, unda hamshiralik ishi, farmatsiya, feldsher-akusherlik va stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Shuningdek, 2024-2025 o‘quv yilida kichik va yuqori sinf o‘quvchilari uchun EMU xususiy maktabini ochish rejalashtirilgan.
EMU universiteti talabalari 1-kursdan boshlab xorijda tibbiy amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularga xorijiy mamlakatlardagi tibbiyot muhitini his qilish va dunyoning turli burchaklaridan yangi do‘stlar orttirish, xorijiy klinikalarning ish sharoitlarini baholash imkonini beradi. Eng yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar universitet ta’sischilari granti hisobidan dunyoning eng yaxshi tibbiyot universitetlari va markazlarida amaliyot o‘tashlari mumkin bo‘ladi.

Xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashning asosiy talablaridan biri bu chet tilini puxta egallashdir. Universitet 1-2 kurslarda tibbiyotda ingliz tilini intensiv bepul o‘rganish imkoniyatini beradi. EMU universitetida yuqori kurslarda ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
Va, albatta, muhim omil - EMU universitetining qulay joylashuvidir. U Toshkent shahrining markazida joylashgan bo‘lib, universitetdan Novza metro bekatigacha bo‘lgan 5 daqiqalik, Toshkent aeroporti 3 daqiqalik va Next savdo-ko‘ngilochar markazi 4 daqiqalik masofada joylashgan.
Oliygoh litsenziyasi bilan EMU saytida tanishish mumkin.
Telefonlar:
(+998) 78−147−00−07.
Sayt: emuni.uz
Instagram: @emu_university
Telegram: t.me/emuintash
Facebook: fb.com/emuuniversityuz
Reklama