Jamiyat | 11:07 / 11.09.2025
2942
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lutfiy ko‘chasi qariyb bir oyga yopiladi

Yo‘lning Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi. 

11 sentabrdan 1 oktyabrga qadar poytaxtning Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopiladi.

Yo‘lning Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi. Bu yerda harakat butunlay to‘xtatiladi, bu hudud aholisi va avtomobil haydovchilari uchun vaqtinchalik noqulayliklar tug‘dirishi mumkin.

Haydovchilarga harakatlanish tartibidagi o‘zgarishlarni oldindan inobatga olib, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid