O‘zbekiston paraatletlari Yaponiyada o‘tkazilgan JChda 13 medalni qo‘lga kiritdi
Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tgan paraatletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi.
15 may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi.
Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq paraatlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘ardi. Umumjamoa hisobida mamlakat Xitoy va Braziliyadan so‘ng joylashib, 3-o‘rinni egalladi.
Bu O‘zbekiston paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Milliy jamoa bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10- va 9-o‘rinlarni egallagandi.
Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangiladi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin
- Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — yadro uloqtirish;
- Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — disk uloqtirish;
- Xusniddin Norbekov — yadro uloqtirish;
- Nurxon Qurbonova — nayza uloqtirish;
- Asila Mirzayorova — uzunlikka sakrash;
- Yoqutxon Xolbekova — uzunlikka sakrash;
- Safiya Burxanova — yadro uloqtirish;
Kumush
- Boburjon Omonov — yadro uloqtirish;
- Dilafruz Ahmadxonova — yadro uloqtirish;
- Kubaro Hakimova — yadro uloqtirish;
- Mohigul Hamdamova — disk uloqtirish;
Bronza
- Ma’rufjon Murodulloyev — 400 metrga yugurish;
- Nurxon Qurbonova — yadro uloqtirish.
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024