Jahon | 19:18 / 16.11.2020
15346
1 daqiqa o‘qiladi

Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganligini ma'lum qildi

Samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan.

Foto: REUTERS/Dado Ruvic/Illustration/File Photo

Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarning uchinchi bosqichida 94,5 foiz samaradorlik namoyish etganini ma'lum qildi.

Samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan.

Avvalroq Pfizer va BioNtech vaksinasi 90, «Sputnik-V» 92 foiz samaradorlik ko‘rsatganligi aytilgandi.

Kompaniyadagilarning qayd etishlaricha, sinovda qatnashganlarning aksariyatida emlashdan so‘ng nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.

Hozirda yakunlovchi — uchinchi bosqich sinovlari dunyoda bir necha vaksinalarda o‘tkazilmoqda. Rossiyaning «Sputnik V», AQShdagi AstraZeneca,  Pfizer va BioNtech kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning bir necha vaksinalari shular jumlasidandir.

Mavzuga oid