Kongo Demokratik Respublikasi maymunçeçak (mpox) epidemiyasiga qarşi vaksinaning birinçi partiyasini qabul qilib oldi. Soğliqni saqlaş organlari bu kasallik tarqalişini töxtatişiga umid qilmoqda.

Aholisi 100 millionga yetadigan Markaziy Afrika davlatlari epidemiya markazida joylaşgan bölib, ötgan oyda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Reuters agentligining ma’lum qilişiça, Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etilgan vaksina dozalari ortilgan samolyot 5 sentabr kuni soat 13:00 da mamlakat poytaxti Kinşasaga kelib qöngan. Kongo soğliqni saqlaş vaziri Semyuyel Rojyerning sözlariga köra, yangi vaksina Qöşma Ştatlarda öz samarasini körsatgan va mamlakatdagi katta yoşli insonlar u bilan emlanadi.

Vaksina Daniyaning Bavarian Nordic farmatsevtika kompaniyasi tomonidan yaratilgan. U Yevropa Ittifoqi va AQŞda ma’qullangan yagona vaksina turi bölib, faqat katta yoşli insonlarda foydalanişga ruxsat berilgan. Ayni vaqtda 12 yoşdan katta bolalar örtasida ham sinovlar olib borilmoqda.

YeIning soğliqni saqlaş sohasidagi favqulodda vaziyatlar böyiça boşqarmasi boşliği Loran Muşelning aytişiça, birinçi partiyadan 99 ming doza örin olgan, 7 sentabr kuni yetkaziladigan keyingi partiyada 200 ming doza vaksina böladi. Yevropa umumiy hisobda mintaqaga 566 ming doza vaksina yetkazişni rejalaştirgan.