Toshkent bo‘yicha potensial ishsizlik darajasi aytildi
Bugungi kunda Toshkent shahrida doimiy aholi soni 2,5 milliondan ziyodni tashkil etmoqda. Ulardan 1,1 million nafari ish bilan band aholi, qariyb 99 mingi ishsizlar, 90 mingdan ortiq kishi mehnat migrantlaridir. Shuningdek, deyarli 39 ming kishi joriy yilda mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelgan yoshlardir. Shahar bo‘yicha potensial ishsizlik darajasi 20 foizni tashkil etadi, deb yozmoqda O‘zA.
Ishsizlikning sabablari quyidagicha izohlanmoqda. Birinchidan, aholining aksariyat qismi tadbirkorlik sohasida, jumladan, ajratilayotgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish hamda oddiy moliya hisobotlarini yuritish bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega emas. Ikkinchidan, ko‘plab ishsiz fuqarolar mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha talabga javob bermaydi. Shuningdek, aksariyat aholi asosan savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ishsiz fuqarolarni kasbga qayta tayyorlash ishlari mehnat bozori talablariga mos tarzda tashkil etilmayapti.
Bularning barchasi poytaxt aholisi bandligini ta'minlash borasidagi muammolar mavjudligidan dalolat berib turibdi. Toshkent shahri bo‘yicha faqatgina 91 ming kishi Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan bir martalik va vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan, bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, norasmiy band aholi soni 141 ming nafardan ziyodni tashkil etgan.
Mavzuga oid
19:25 / 31.10.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi tarifi yana oshirildi
07:30 / 31.10.2024
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:00 / 23.10.2024