Jahon | 16:29 / 17.09.2023
26416
9 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning Rossiyaga sayohati va reabilitatsiyadagi askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 570-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Polsha Rossiya raqamlariga ega avtomobillarni o‘tkazishni to‘xtatdi. Bu davlat YeIning Rossiya qo‘shnilari orasida shunday chora qo‘llagan so‘nggi davlati bo‘ldi.
  • Sevastopolga hujumdan keyin Rossiyaning uchta desant kemasi Qora dengizdan Azov dengiziga o‘tkazilgan.
  • Rossiyaning «Samum» raketa kemasi ukrainlar hujumidan keyin shatakka olib ketilayotgani aks etgan foto paydo bo‘ldi.
  • Xarkiv shahriga raketa zarbasi oqibatida besh kishi yaralandi. Xarkiv oblasti o‘qqa tutilishi vaqtida ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangan.
  • Berlinda Anna Netrebko Berlin operasida chiqish qilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi.
  • RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Kaluga, Tver va Belgorod oblastlarida dronlarni urib tushirgan.
  • Anneksiya qilingan Qrimda ukrainalik tadbirkorlarning milliylashtirilgan mulklarini sotish bo‘yicha birinchi auksionlar bo‘lib o‘tdi.
  • Kim Chen In Vladivostokdagi Knevichi aerodromiga tashrif buyurdi. Shoygu unga «Kinjal» va «Kalibr» raketa komplekslarini namoyish etdi.

Kun kadri. Qora dengizda vaqtinchalik g‘alla yo‘lagi

Rossiya Ukraina don mahsulotlarini Qora dengiz orqali olib chiqishni kafolatlovchi «g‘alla kelishuvi»dagi ishtirokini iyul oyi o‘rtalarida to‘xtatgandi. Shundan buyon uch mamlakat yetakchilari va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar kelishuvni tiklashga chaqirib kelmoqda, bu kelishuvsiz butun dunyoda, ayniqsa, Afrika va Yaqin Sharqning qashshoq mamlakatlarida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilib ketishi mumkin.

G‘arb yetakchilari ham, Xitoy ham kelishuvga qaytishga chaqirmoqda, bu haqda G20 yakuniy deklaratsiyasida ham yozilgan, Turkiya va BMT muzokaralarda faol vositachilik qilmoqda. Ammo Moskva ham, Kiyev ham hozircha o‘z pozitsiyalarini yumshatish haqida o‘ylamayapti. «SovEkon» tahlil markazi direktori Andrey Sizovning qayd etishicha, ikki davlat uchun ham hozirgi mavjud shartlarda kelishishdan ma’no yo‘q: Ukraina kelishuv to‘xtatilganidan keyin ham g‘allani Dunaydagi daryo portlari va quruqlik orqali olib chiqishda davom etmoqda, iyul-avgust oylarida mamlakat qariyb 5 million tonna g‘alla eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlar bilan teng. Shu tariqa, Qora dengiz g‘alla terminallari ishlamasa ham, Ukraina o‘zining eksport salohiyatini to‘liq yoki deyarli to‘liq amalga oshirishi mumkin.

Shunga qaramay, avgust oyida Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Qora dengizda «vaqtinchalik humanitar yo‘lak» tashkil etilganini xabar qilgandi. Avvaliga u portlarda o‘tgan yil fevralida qamalib qolgan kemalarni olib chiqish uchun foydalanilishi ko‘zda tutilgandi, ammo istiqbolda kemalar g‘alla terminallariga o‘tishida ham foydalanilishi mumkin. Ukraina infratuzilmalar vaziri Oleksandr Kubrakovning aytishicha, ilk fuqarolik kemalari allaqachon bu yo‘lakdan foydalanishgan.

Palau bayrog‘i ostidagi «Aroyat» balkeri vaqtinchalik g‘alla yo‘lagida Ukrainaning Qora dengizdagi Chernomorsk porti tomon suzmoqda
AFP / Scanpix / LETA

Sergey Shoygu Vladivostokda Kim Chen In bilan uchrashdi

Shimoliy Koreya yetakchisi o‘tgan haftada, 12 sentabr kuni boshlangan ko‘p kunlik tashrif bilan Rossiyaga kelgandi. O‘sha kuni u Primore o‘lkasida bo‘lgandi, keyingi kuni esa Amur oblastidagi «Vostochniy» kosmodromida Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
KCNA / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sharafiga chest bermoqda. Vostochniyda Putin va Kim Chen In Moskvaga harbiy texnologiyalar evaziga KXDRning qurollarini berish masalasini muhokama qilishi kutilgandi. Jurnalistlarga ma’lum qilinishicha, ikki mamlakat rahbarlari Koreya yarimoroli va Yevropadagi harbiy-siyosiy vaziyat, shuningdek «strategik va taktik hamkorlikni mustahkamlash» haqida gaplashishgan.
KCNA / Reuters / Scanpix / LETA
15 sentabr kuni Kim Chen In Komsomolsk-na-Amurega kelib, bu yerda Su-35 va Su-57 qiruvchilari yig‘iladigan aviakorxonani, shuningdek, SJ-100 yo‘lovchi samolyotini ko‘zdan kechirdi. Unga Su-35 qiruvchisining ko‘rgazmali parvozi ham ko‘rsatilgan — fotosuratda aynan shu jarayon aks etgan.
KCNA / Reuters / Scanpix / LETA
Kim Chen Inning zirhli poyezdi Komsomolsk-na-Amuredan Knevichi aerodromi joylashgan Vladivostokka yo‘l oldi. U yerda shimoliy koreyaliklar rahbarini mudofaa vaziri Sergey Shoygu kutib oldi. Ular birgalikda Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 raketa tashuvchi-bombardimonchi samolyotlarini tomosha qilishdi.
KCNA / Reuters / Scanpix / LETA
Shoygu Shimoliy Koreya rahbariga Rossiyaning MiG-31 samolyotidan qo‘llanuvchi «Kinjal» raketa kompleksi hamda Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi Tu-214 yo‘lovchi samolyotini ko‘rsatdi. Shundan keyin KXDR rahbari va RF mudofaa vaziri «Marshal Shaposhnikov» fregatiga tushib, u yerda «Uran» raketa kompleksi va «Kalibr» universal qanotli raketa kompleksini, shuningdek, 100-millimetrli A-190 avtomatik artilleriya qurilmasini tomosha qilishdi.
KCNA / Reuters / Scanpix / LETA

Suddagi Igor Kolomoyskiy

2 sentabr kuni Kiyevdagi sud Igor Kolomoyskiyni ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi — u yaqin o‘tmishda Ukrainadagi eng nufuzli tadbirkorlardan biri bo‘lgan. So‘nggi yillarda hukumat unga bosimni kuchaytirib kelayotgandi: uning biznesining nisbatan foydali qismi milliylashtirildi, Kolomoyskiyga qarshi korrupsiya bo‘yicha bir nechta ish ochildi, uning uyida tintuvlar o‘tkazildi, o‘zi esa Volodimir Zelenskiyning maxfiy farmoni bilan fuqarolikdan mahrum etildi.

Yaqinda Kolomoyskiyga uchinchi ayblov e’lon qilingandi — 5,8 milliard grivnani noqonuniy o‘zlashtirish bo‘yicha. Ukraina xavfsizlik xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, 2013-2014 yillarda Kolomoyskiy o‘ziga tegishli bo‘lgan «Privatbank» xodimlaridan iborat jinoiy guruh tuzgan, ular orqali soxta pul omonatlari tizimli ravishda bank kassasiga o‘tkazilgan, ammo aslida hech qanday mablag‘ olinmagan.

Igorya Kolomoyskiy ishi bo‘yicha sud tinglovi, Kiyev.
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

O‘lja qilingan Rossiya texnikalari Kriviy Rihda

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi vayron bo‘lgan g‘alla ombori

Zaporijjya oblastida front yaqinidagi Orexiv shahri atrofi. Ukrainalik fermer Yakov Marinchenko g‘alla ombori xarobalari orasida, o‘zining aytishicha, bu yer rossiyaliklarning avgust oyidagi raketa zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaning Ukrainaga bosqini oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va butun dunyoda oziq-ovqat ta’minotini xavf ostida qoldirdi, deyilgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotida.
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
67 yoshli Yakov Marinchenko 1995 yildan buyon kungaboqar, bug‘doy va boshqa don mahsulotlari yetishtiriladigan fermani boshqarib keladi. Uning tegirmoni ham bor. Suratda Yakov Marinchenko va uning vayron bo‘lgan fermasida omon qolgan g‘alla.
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi ferma

SSSR davrida qurilgan bu fermada 58 bosh sigir va 104 echki boqiladi. U ukrain harbiylari nazoratida qolgan hududda joylashgan.

Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images

Reabilitatsiya jarayonidagi sayrga chiqqan ukrainalik askarlar

Ukrainalik 37 yoshli harbiy xizmatchi Vasiliy frontda jarohat olgach, amputatsiyani boshdan kechirgan. Uni ko‘ngillilar bir g‘ildirakli «Jolett» rusumli vezdexod kreslosida aylantirishmoqda. Guruh Klyuch tog‘iga ko‘tarilmoqda — u Lviv oblastining Truxanov qishlog‘i yaqinida, dengiz sathidan 927 metr balandlikda joylashgan.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik 20 yoshli harbiy, amputatsiya qilingan Andrey Klyuch tog‘ida hordiq chiqarmoqda.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid