Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qorasaroy» turar-joy majmuasi yilning har qaysi faslida ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy hissiyotlar uyg‘unligini hadya etadi
Yangi qulayliklarga ega «Qorasaroy» turar-joy majmuasi «Bauraum Group» kompaniyasining Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ilk loyihasi hisoblanadi. Ushbu turar-joy majmuasi 15ta yetti qavatli binoni o‘z ichiga oladi. Ular sharqona usulda bunyod etilgan bo‘lib, binolar markazida favvora o‘rnatilgan. Sayr etish hamda vilosiped yo‘laklari esa odamlar kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, turar-joy binolarida bir xonalidan tortib, to‘rt xonaligacha uylar mavjud bo‘lib, ularning maydoni 57 kv metrdan, 136 kv metrgachani tashkil etadi.
Tabiiyki narxlar bilan qiziqyapsiz
«Qorasaroy» turar-joy kompleksidagi uylar narxi 1 kv metri — 3 600 000 so‘mdan, 4 200 000 so‘mgacha bo‘lib, qavatlar joylashuviga qarab hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 100 foiz to‘liq to‘lov vaqtida 10 foizlik chegirma qilib beriladi. To‘lovlar istalgan ko‘rinishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, to‘lovlarni amalga oshirish uchun quyidagi qulayliklardan foydalanish mumkin:
— Boshlang‘ich to‘lov sifatida uy narxining 25 foizi to‘lanadi;
— Qolgan to‘lovlar esa 6 oy ichida to‘lab beriladi;
— To‘lovlar foizsiz amalga oshiriladi.

Siz, shuningdek, majmuadagi xonadonlarni ipoteka krediti evaziga ham olsangiz bo‘ladi. O‘zbekistondagi qator banklar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu sizga 10 yil muddatga ipoteka krediti evaziga mazkur majmuadan xonadon olishingizga imkoniyat beradi. Buning uchun boshlang‘ich 25 foiz to‘lovni amalga oshirasiz va yillik 15 foiz to‘lovni amalga oshirib borasiz.
Yillik foiz stavkasi oldindan amalga oshirilgan badal to‘lov miqdoriga qarab o‘zgaradi.
«Bauraum Group» kompaniyasi esa sizning xohish va istaklaringizga ko‘ra, xonadoningizni ta'mirdan o‘tkazib beradi. Xizmat haqi ta'mirda ishlatiladigan materiallar hamda bajarilgan ishga qarab belgilanadi.

Turar-joy majmuasining boshqa majmualardan farqi uning avvalo qulay joyda bunyod etilgani, hududlarining muhofaza qilingani, ko‘ngilochar infratuzilmasi (do‘konlar, kafe, minibank, bolalar ko‘ngilochar markazi), avtoturargoh hamda "yashil hududlar"ning mavjudligidadir.
Binolar qurilishida yuqori sifatli qurilish materiallaridan foydalanilgan bo‘lib, ular yuqori standartlarga to‘la javob beradi.
«Qorasaroy» turar-joy majmuasi – bu hayotning yangi sifati!
Batafsil ma'lumot kompaniya saytida berilgan: bauraumgroup.uz
Shuningdek, ularni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatish mumkin:
Facebook — facebook.com/bauraumgroup
Instagram — instagram.com/bauraumgroup
Telefon: +998(71) 113-4444
Reklama huquqi asosida.