YHXX: Haydovchilarga 26-27 may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya qilinadi
Keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar sabab poytaxtning ba’zi ko‘chalarida Ikki kun davomida transportlar harakati cheklanadi.
Toshkent shahrida 26—27 may kunlari ayrim ko‘chalarda transportlar harakatiga vaqtincha cheklovlar kiritiladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, poytaxtda ikki kun davomida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi hamda ayrim ko‘chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
“Zarurat bo‘lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi YHXX xabarida.
Shuningdek, ma’lum ko‘chalarda transport vositalarining harakatini cheklash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilgan vaqtda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari hamda chiziqlarning talablariga qat’iy rioya etishlari so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024