Taşrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi közda tutilgan. Bölajak uçraşuv kun tartibidan Özbekiston va Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş masalalari örin olgan.

Amaliy hamkorlikni kengaytirişga, eng avvalo, özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, innovatsion hamkorlik dasturlarini qöllab-quvvatlaş, faol madaniy-gumanitar almaşinuvni davom ettirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Sammit yakunlari böyiça ikki tomonlama hujjatlar töplamini qabul qiliş rejalaştirilgan.

Davlat rahbarlari, şuningdek, Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etadi.

Taşrif arafasida Toşkent şahrida bir qator qöşma tadbirlar – yetakçi muhandislik-texnika oliy öquv yurtlari rektorlarining uçraşuvi, tibbiyot ilmiy-amaliy konferensiyasi va Rus san’ati haftaligi bölib ötmoqda.