Jamiyat | 12:25 / 18.07.2019
10420
1 daqiqa o‘qiladi
Yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish yana boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019 yilning 1 iyunidan 20 iyunigacha (shu kuni ham) qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, hujjat topshira olmagan ko‘plab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari bo‘yicha hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17 avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi.
Shunga ko‘ra, yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni yana boshlanganligi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023