Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jetour Dashing zamonaviy krossoveri sotuvi boshlandi
Foto: Jetour Dashing
2021 yildan rasman ish faoliyatini boshlagan Jetour rasmiy avtosalonida chinakam zamonaviy krossover Jetour Dashing avtomobilining savdosi boshlandi.
Joriy yilning 31 mart sanasida Toshkent shahrida zamonaviy krossover taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida avtosalonning 50 dan ortiq Jetour X70plus, X90 plus kabi modellarini sotib olgan mijozlari, "Jetour Club Uzbekistan" klub a’zolari, bir necha mashhur blogerlar va taniqli qo‘shiqchilar mehmon bo‘ldi.
Xitoyning Jetour zavodi eksport bo‘limi boshlig‘i so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasida bu modellar juda tez ommalashganidan mamnunligini bildirdi. Zavod O‘zbekiston iqlimiga mos bo‘lgan sifatli avtomobillar yetkazibgina qolmasdan, barcha viloyatlarda servis markazlari ochilishini va yangi Jetour Dashing krossoveri uchun ham 5 yil yoki 150000 km kafolat berilishini ma’lum qildi.
Rasmiy diler – “Auto Motors Asia” MChJ 2023 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 10 dan ortiq shourum va servis markazlar ochishni reja qilmoqda. Hozirda mavjud filiallar soni 6 ta.
Ma’lumot uchun: +998 91 033 03 03, +998 78 113 13 78
Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Reklama huquqi asosida