Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha qaror qabul qiladi
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Belgilanishicha, 2020 yil 15 sentyabrdan boshlab:
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi «Ishga marhamat» monomarkazi mas'uliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi;
b) Prezidentning “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda «Ishga marhamat» monomarkazlari davlat muassasalari shaklida tashkil etiladi. Bunda:
Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan «Ishga marhamat» monomarkazlariga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, jumladan, kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga, xorijiy tillarga o‘qitish, ichki va tashqi mehnat bozorida bandlikka ko‘maklashish, kasbiy malakani baholash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
«Ishga marhamat» monomarkazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek ular uchun kasb-hunar, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish maqsadida Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi tarkibida 10 shtat birligidan iborat bo‘lgan «Ishga marhamat» monomarkazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘quv-metodik ta'minlash boshqarmasi tashkil etiladi.
Prezidentning “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq ikki hafta muddatda quyidagi ta'lim muassasalari bino-inshootlari va tutash maydonlari bilan operativ boshqaruv huquqi asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazib beriladi:
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Nukus shahar 1-son kasb-hunar maktabi (bir qismi) va Angor politexnika kasb-hunar kolleji;
Transport vazirligining Andijon transport kolleji (bir qismi);
Qurilish vazirligining Namangan qurilish kolleji.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari ma'qullanadi:
a) jamoat ishlarida, shuningdek bandlikni ta'minlash bo‘yicha subsidiya ajratilishida shaffoflikni ta'minlash, suiiste'molliklarni oldini olish maqsadida jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va subsidiya olayotgan fuqarolarning biometrik avtorizatsiya va GPS-trekking tizimlarini joriy etish;
b) mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya qilish), jumladan ular bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish asosida ijtimoiy, psixologik va boshqa sinab ko‘rish usullaridan foydalangan holda har bir shaxsning sog‘ligini, kasbiy qiziqishini, qobiliyatini, shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib, kasb-hunarga moyilligini aniqlash, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash, mehnat jamoasida ishlash ko‘nikmalariga o‘rgatish, mehnat faolligini oshirishga rag‘batlantirish maqsadida autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarni jalb etish;
psixolog mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish.
v) 2021 yil 1 aprelgacha aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarini ishga joylashtirishga yo‘llanma berilayotgan ishsizlarning elektron anketasi va shaxsiy rezyumesini shakllantirish maqsadida zarur moslamalar (raqamli fotokamera va planshet) bilan ta'minlash;
g) mazkur bandning “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan jihoz va moslamalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021 yil 1 yanvargacha mehnat organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish maqsadida vazirlik markaziy apparati huzurida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz” tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etadi. Bunda:
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” mas'uliyati cheklangan jamiyati Situatsion tezkor markaz faoliyatini tashkil etish va yuritish uchun mas'ul etib belgilanadi;
b) Situatsion tezkor markazni tashkil etish va kerakli uskunalarni xarid qilish Jahon bankining “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida jalb etilayotgan kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
v) Situatsion tezkor markazning asosiy maqsad va vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
jismoniy va yuridik shaxslarga bandlik sohasidagi xizmatlar ko‘rsatishda shaffof tizimni yaratish;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarni fuqarolar tomonidan baholash imkoniyatini yaratish.
Mavzuga oid
13:43 / 31.12.2025
2 mln fuqaro kasb-hunar, tadbirkorlik va xorijiy tillarga o‘qitiladi
18:43 / 09.12.2025
Har bir kambag‘al oila bo‘yicha individual reja ishlab chiqish taklif etildi
08:52 / 22.11.2025
O‘rta maxsus ta’lim tarmog‘ida kasb-hunar maktablari yetakchilik qilmoqda
19:45 / 07.11.2025