O‘zbekiston | 13:04 / 27.03.2019
12591
5 daqiqa o‘qiladi

Mamlakatda «g‘allachilik klasterlari» bosqichma-bosqich joriy etiladi

Foto: Depositphotos

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik xo‘jaliklari va omuxta yem ishlab chiqaruvchi va boshqa don mahsulotlariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 2019 yilda davlat ehtiyojlari uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli donni fyuchers shartnomasi asosida xarid qilish  hamda kelgusi yillarda yer maydonlarini ajratish orqali “g‘allachilik klasterlari”ni bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan ortiqcha yetishtiriladigan boshoqli donni fyuchers shartnomasi asosida xarid qilish bo‘yicha tashkil etiladigan “g‘allachilik klasterlari” ro‘yxati tasdiqlanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, 2019 yil hosilidan:

davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha yetishtirilgan boshoqli donni fermer xo‘jaliklari tomonidan fyuchers shartnomasi asosida “g‘allachilik klasterlari”ga sotiladigan 1 kilogramm don uchun kamida 1800 so‘mdan hisob-kitob qilinadi;

fermer xo‘jaliklaridan fyuchers shartnomasi asosida boshoqli don xarid qiluvchi “g‘allachilik klasterlari” mahsulot qiymatining 60 foizigacha miqdorda (agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqib) bo‘nak mablag‘lari ajratiladi;

fyuchers shartnomasi asosida ajratiladigan bo‘nak mablag‘lari fermer xo‘jaliklari tomonidan hosildorlikni oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida birinchi o‘rinda mineral o‘g‘itlarga, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalariga, yoqilg‘i-moylash materiallariga hamda mexanizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi;

“g‘allachilik klasterlari” tomonidan fyuchers shartnomasi asosida xarid qilingan boshoqli don uchun yakuniy hisob-kitoblar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda, lekin don yetkazib berilgan sanadan boshlab 60 kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi;

fyuchers shartnomasi asosida xarid qilinadigan boshoqli don “g‘allachilik klasterlari” tomonidan tashib olinadi yoki tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari qoplab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomasining namunaviy loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda joylarga yetkazadi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilda fyuchers shartnomasi asosida qo‘shimcha yetishtiriladigan boshoqli don hosilini sug‘urta qilish uchun shartnomalarni rasmiylashtiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi:

2019 yil hosilidan boshoqli don yetishtiruvchilar bilan “g‘allachilik klasterlari” o‘rtasida boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini yakunlaydi;

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi “g‘allachilik klasterlari” bilan birgalikda joriy yilda fyuchers shartnomasi asosida xarid qilinadigan boshoqli donni qabul qilish va saqlash uchun zaxira maydonlarini ajratish dislokatsiyasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, “g‘allachilik klasterlari” tomonidan xarid qilinadigan boshoqli donni o‘lchash, navi va sifatini aniqlash bo‘yicha shartnoma asosida laboratoriya tahlillarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Mavzuga oid