Sport | 18:05 / 04.03.2019
12913
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» Chempionlar Ligasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Foto: Tribuna.Uz

O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini boshladi. «Temiryo‘lchilar» guruh bosqichining 1-turida BAAning «Al Vahda» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

O‘yinning 6-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov burchak zarbasidan so‘ng bosh bilan gol urib hisobni ochdi. 90+3-daqiqada esa «Loko» sardori Islom To‘xtaxo‘jayev jarima zarbasini to‘g‘ri darvozaga yo‘llab yakuniy hisobni o‘rnatdi – 2:0.

OChL-2019
«B» guruhi, 1-tur

LOKOMOTIV – AL-VAHDA 2:0

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (6), Islom To‘xtaxo‘jayev (90+3).

Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov (Alisher Shog‘ulomov, 66), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filipp Rayyevats, 85), Husniddin G‘ofurov (Arslonmurod Omonov, 77), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov.

Al-Vahda: Muhammad Al Shamsi, Muhammad Bargash, Hamdan Al Kamoli, Ahmad Rashid, Husayn Abbos (Halil Ibrohim, 35), Muhammad Abdulbosit (Tariq Al Xodaim, 62), Rim Chang Vu, Sulton Al Gafri, Mansur Al Xarbi (Muhammad Rashid, 75), Leonardo, Sebastyan Talyabue.

 

Mavzuga oid