Texnologiya | 22:08 / 08.06.2016
5014
1 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Facebook va Instagram foydalanuvchilar orasida ommaviyligini yo‘qotmoqda

Internet-foydalanuvchilar Facebook, Instagram, Twitter va Snapchat kabi ijtimoiy tarmoqlarga kamroq e'tibor ajratishmoqda. Bu haqda SimilarWeb kompaniyasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.  

Kompaniya Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Avstraliya, Hindiston, Braziliya, AQSh va Janubiy Afrikada bir necha minglab foydalanuvchilar orasida tadqiqot o‘tkazdi.

Oqibatda Instagram foydalanuvchilari bu yil o‘tgan yilga nisbatan chop etishlar va izoh qoldirishlarga o‘rtacha 23,7 foiz, Twitter – 23,4 foiz, Snapchat – 15,7 foiz, Facebook 8 foiz kamroq vaqt sarflashgan.

Ta'kidlanishicha, qiziqishning tushishi internet-foydalanuvchilarning hayotida bosh pozitsiyalarni messenjerlar egallagani bilan bog‘langan. Ulardan eng ommaviysi WhatsApp hisoblanadi.