Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xon Saroy’da kalit topshirish marosimi: “Orzular” majmuasidagi xonadonlarni topshirish boshlandi
Xon Saroy qurilish kompaniyasi o‘zining yana bir yangi “Orzular” loyihasidan 4ta blokdagi xonadonlarni o‘z egalariga topshirdi. Kalit topshirish marosimi nafaqat yangi manzilga qadam qo‘yish, balki yangi hayotga intiluvchi har bir oila uchun muhim va quvonchli lahza bo‘ldi.
29 sentabr kuni Xon saroy qurilish kompaniyasining Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Orzular” turar joy majmuasida yangi xonadon egalari uchun maxsus kalit torshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu marosimda uy egalari, kompaniya va qurilish loyihasi jamoasi ishtirok etdi.
“Orzular” majmuasi 1 468 ta zamonaviy, xonadonlarga bo‘lingan uylarni o‘z ichiga oladi. Har bir xonadon keng balkon, zamonaviy liftlar, 24/7 qo‘riqlash xizmati va kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, uy egalariga to‘liq qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Majmuaning infratuzilmasi juda ham ko‘p jihatdan afzallikka ega: bolalar uchun o‘yin maydonchalari, dam olish uchun maxsus eko-hududlar, shuningdek, avtoturargoh va qulay joylashuv bilan kundalik hayotingizni yengillashtiradi.
Xon saroy kompaniyasi rahbariyati uylarni topshirish bilan cheklanmay, majmuani tozalik va tartibda ushlash uchun mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olganini ta’kidladi.
Loyiha qurilishi 2026 yilning 4-choragida to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, yangi uylar o‘z egalariga zamonaviy, qulay va xavfsiz muhitni taqdim etadi.
Bugungi kunga kelib, Xon saroy umumiy 12 ta loyihani o‘z egalariga topshirgan, Toshkent - 9 ta, Navoiy - 3 ta. Har bir loyiha “Xon saroy” jamoasining puxta yondashuvi, detallarga bo‘lgan e’tibori va insonlar hayotini yanada farovon qilish istagini aks ettiradi. Shu bilan birga, bugungi kunda yana 10 ta yangi obektning qurilish ishlari faol ravishda olib borilmoqda. Bu loyihalar ham zamonaviy arxitektura, ishonchli infratuzilma va barcha xavfsizlik standartlariga to‘liq javob berishi bilan ajralib turadi. Kompaniya o‘z loyihalarini belgilangan vaqtda qurib bitkazishi, xonadonlar egalariga kalitlarni topshirishda va’dalariga sodiq. Har bir loyiha belgilangan muddatda, aniq reja asosida topshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot: +998712007400, xonsaroy.uz, @xonsaroyuz