O‘zbekiston | 11:59 / 22.03.2021
15062
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Oshpazlik kasbining ustasisiz, ammo mutaxassisligingizni rasman tasdiqlovchi hujjat yo‘qmi? Unda sizga «Validatsiya» xizmati yordam beradi

Tasavvur qiling, siz oshpazlik kasbini bir insonga shogird tushib yoki o‘zingiz o‘rgandingiz, shu kasbni o‘zlashtirib mohir pazanda bo‘lib ketgansiz. Ammo siz hech qanday rasmiy o‘quv dargohiga bormaganingiz sababli, sizning mutaxassisligingizni tasdiqlaydigan hujjat yo‘q va shuning uchun siz rasmiy ish o‘rniga ega bo‘lishga yoki o‘z sohangiz bo‘yicha yaxshiroq joylarda ishlashga qiynalmoqdasiz. Aynan shunday holatda sizga «VALIDATsIYa» yordam beradi.

«Validatsiya» so‘zi lug‘atda «tasdiqlash» degan ma'noni anglatadi. Biror- bir kasb yoki sohaga nisbatan esa validatsiya - norasmiy ravishda o‘zlashtirilgan kasb egasini shu kasbning haqiqatan ham mutaxassisi sifatida rasman tan olish hisoblanadi.

Hozirda, O‘zbekiston oshpazlar Uyushmasi qoshidagi Xalqaro O‘zbek Pazandachilik san'ati markazi norasmiy ravishda (masalan, ustoz-shogird bo‘lib) oshpazlik kasbini egallagan oshpazlarga ushbu sohaning mutaxassisi, deb rasman tan olinish va rasmiy hujjatga ega bo‘lish imkoniyatini beruvchi «Validatsiya» loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha sizga qisqa muddatda oshpazlik kasbining mutaxassisi deb tan oluvchi hujjat, ya'ni diplomga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

«Validatsiya»dan  o‘tish sizga qanday foyda olib keladi?

1) O‘zbekiston hududida rasmiy ishlash imkoniyati.

O‘zbekiston oshpazlar Uyushmasi qoshidagi Xalqaro O‘zbek Pazandachilik san'ati markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 oktyabrdagi 289-qarori asosida tashkil etilgan hamda «Validatsiya»dan o‘tish talablari, O‘zbekiston Respublikasining O‘zDST 36.0649 davlat standartlariga asoslangan va oshpazlik kasbi bo‘yicha toifali (razryadli) xalqaro diplom beriladi.

2) Shuningdek, O‘zbekiston oshpazlar Uyushmasi Butunjahon bosh-oshpazlar Uyushmasiga (WACS) a'zo bo‘lganligi uchun sizda chet elda ishga joylashish imkoniyati bo‘ladi.

«Validatsiya»dan o‘tish qanday tartibda amalga oshiriladi?

«Validatsiya»dan o‘tish tartibi sodda va quyidagi tartibda bo‘ladi:

1) Xalqaro O‘zbek Pazandachilik san'ati markaziga kerakli hujjatlar topshiriladi hamda oshpazlik sohasiga doir fundamental bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha qisqa kursdan (7-10 kunlik) o‘tiladi.

2) Qisqa kurslarni muvaffaqiyatli tugatganingizdan keyin o‘z mahoratingizni ko‘rsatib berishingiz uchun amaliy imtihon o‘tkaziladi (1 kun). Amaliy imtihon hay'at a'zolari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda siz o‘z oshpazlik yo‘nalishingiz bo‘yicha bir necha xil turdagi taomlarni tayyorlab, ko‘rsatib berishingiz kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, sizga hay'at a'zolari xulosasiga ko‘ra, mutaxassisligingizni tasdiqlovchi hujjat, ya'ni diplom beriladi.

Shuningdek, sizga qulaylik yaratish maqsadida va qadrli vaqtingizni tejash uchun «Validatsiya» qisqa kursini masofadan turib o‘qish imkoniyati ham ishlab chiqilgan. Bu onlayn kursdan telefoningiz orqali ish joyingizdan ajralmagan holda ham o‘tishingiz mumkin.

«Validatsiya»dan o‘tish uchun O‘zbekiston oshpazlar Uyushmasining quyidagi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

+998 (90) 320-29-89

+998 (90) 008-74-86

«Validatsiya» haqida to‘liqroq ma'lumot olish va «validatsiya»dan o‘tish uchun quyidagi saytda ariza qoldirishingiz ham mumkin:

Veb sayt: https://validatsiya.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/Chefs.Uz

Instagram: https://www.instagram.com/chefs_uzb/

Shuningdek telegram orqali +998 903202989 raqamiga yoki @xalqaromarkaz orqali telegram manziliga yozishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida