Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentorlik dasturining ikkinchi fazasi tez orada boshlanishi haqida e’lon qiladi
Mazkur dastur uchun hududlar bo‘yicha ishtirokchilarni aniqlash maqsadida, YeTTB Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Samarqand shahri va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi qiziqish bildirgan tadbirkor ayollarni belgilangan ariza shaklini to‘ldirishlariga taklif qiladi.
Dasturda mentor (ustoz) va menti (shogird) sifatida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi. Ishtirokchilarni saralash bosqichi dasturning barcha parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng tanlov asosida amalga oshiriladi.
Dasturning ushbu fazasi doirasida 50 nafargacha mentilar tanlab olinishi rejalashtirilmoqda. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- To‘ldirilgan anketa asosida (bunda kompaniya biznes faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish kerak. Olingan ushbu ma’lumotlar, ishtirokchining dastur davomida muvaffaqiyatini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi).
- Dastur tashkilotchilari bilan suhbat (onlayn/oflayn) asosida (suhbat o‘tkazilishi formati hududga qarab belgilanadi)
Dasturda qatnashish yuzasidan ishtirokchilar bilan yozma kelishuv imzolanishi nazarda tutilgan. Tanlovdan o‘tgan ishtirokchilar dastur tadbirlarining kamida 90 foizida ishtirok etishlari kerak.
Menti uchun nomzodlar muayyan talablarga mos kelishi zarur, ya’ni kompaniya davlat ro‘yxatdan o‘tgan hamda kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak. Tanlov jarayonida, o‘z biznesiga ega bo‘lgan malakali tadbirkor ayol nomzodlarga afzallik beriladi. Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan nomzodlar biznes faoliyatiga oid tegishli hujjatlarni (korxona/tadbirkorlik sub’yektining davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi, sertifikat va h.k.) taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Mentilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://forms.gle/qJ9zPmCB4zT2yLmx6
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2023 yil 31 mart.
Mentorlar, kamida 5 yil davomida biznes faoliyat yuritib kelayotgan hamda eng kami
5 nafar ishchi-xodimdan iborat bo‘lgan korxonaga rahbarlik qilayotgan, o‘z sohasining malakali mutaxassislari sanaladi. Mentorlar o‘z bilim va tajribalarini ulashishga tayyor bo‘lishi hamda o‘zlariga biriktiriladigan mentilar bilan oyiga kamida bir/ikki marta uchrashish uchun vaqt ajratishlari kerak bo‘ladi.
Dasturning mazkur fazasi davomida, mentorlar o‘ziga biriktirilgan menti bilan rejaga asosida eng kami 8 ta o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishi, shuningdek menti biznesiga oid masalalar va muammolar bo‘yicha tegishli maslahatlar berishi lozim.
Dasturda mentor sifatida ayol hamda erkak tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi, shu jumladan xorijiy ishtirokchilar ham mentor sifatida qabul qilinadi.
Mentorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://forms.gle/8QGWjjp3ruVbikmh6
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2023 yil 31 mart.
Dastur davomida mentor va menti jamoalariga zarur uslubiy yordam taqdim etiladi, shuningdek, mazkur jamoalar o‘z erishgan yutuqlari hamda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni qayd etib boradilar.
Alohida bo‘limda:
Mentorlik dasturi haqida ma’lumot:
Dasturning asosiy maqsadi – tadbirkor ayollarni o‘z biznesini yanada rivojlantirish, ularni malakasini oshirish va shaxsiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘zaro fikr almashinuviga sharoit yaratish. Dastur davomiyligi kamida 6 oyni tashkil etib, har bir ishtirokchi tadbirkorga yangi ko‘nikmalar va biznes sohasidagi o‘z salohiyatini o‘stirish imkonini yaratadi. Dastur ishtirokchilar uchun ixtisoslashtirilgan treninglarda qatnashish, o‘zaro fikr almashish hamda mentor bilan ishlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Menti ishtirokchi loyihaga o‘zining amaldagi biznesi bilan keladi va uni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqadi. Ishtirokchilar biznes strategiyasi, moliyaviy menejment, raqamli marketing va jamoa bo‘lib ishlash borasida o‘quv mashg‘ulotlari orqali o‘z salohiyatini oshiradilar.
2022 yil iyul-2023 yil fevral oylari davomida SmartGov Consulting agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mentorlik dasturining birinchi fazasi davomida, ishtirokchilar uchun 20 dan ortiq treninglar, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etildi. Mazkur faza ijrosi natijasi sifatida, ishtirokchilarining 33% qismi o‘z moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilagan, 47% qismi o‘z biznesining mijozlari sonini o‘sishiga erishgan, 47%i biznesining o‘zaro yangi hamkorlik bosqichlariga ko‘tarilgan hamda 14% qismi kompaniyalarining yangi filiallarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
18:48 / 24.05.2024
YeTTB Markaziy Osiyo bo‘limiga yangi direktor tayinlandi
15:03 / 15.05.2024
YeTTB 2024 yilda Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi prognozini 2,5 foizgacha yaxshiladi
22:40 / 02.05.2024