YeTTB 2024 yilda Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi prognozini 2,5 foizgacha yaxshiladi
«Global geosiyosiy keskinliklar, jumladan savdo cheklovlarining kuchayishi tufayli yuzaga kelgan muammolarga qaramay» 2024 yilda YeTTB mintaqalarida YaIM o‘sishi 3 foizni tashkil etadi.
Rossiya iqtisodiyotining hajmi 2024 yil oxiriga borib 2,5 foizga oshadi. Bu Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 15 may, chorshanba kuni e’lon qilingan yangilangan prognozida aytilgan. 2025 yilda, ushbu hujjatga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti 1,5 foizga o‘sadi. Bu hisobotda keltirilgan mamlakatlar orasida eng past ko‘rsatkichdir.
Bankning 2023 yil sentabrida e’lon qilgan avvalgi prognozida Rossiya yalpi ichki mahsulotining 2024 yilda o‘sishi 1 foiz bo‘lishi kutilgan edi. YeTTB hujjatiga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti 2022 yilda 1,2 foizga qisqarganidan so‘ng, 2023 yilda u 3,6 foizga o‘sgan. Bunga «mudofaa sanoatidagi yuksalish» sabab bo‘ldi, u kutilganidan kuchliroq iqtisodiy tiklanishga yordam berdi, deydi ekspertlar.
Umuman olganda, YeTTB mintaqalarida ishlab chiqarish o‘sishi bank tomonidan 2024 yilda 3,0 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu «global geosiyosiy taranglik tufayli yuzaga kelgan muammolarga, jumladan, savdo cheklovlarining kuchayishiga qaramay», 2023 yilda kuzatilgan 2,5 foizlik o‘sish sur’atidan yuqoridir, deyiladi institut matbuot bayonotida.
YeTTBning Ukraina va Kavkaz uchun prognozlari
Kavkaz mintaqasida o‘sish 2023 yildagi 3,8 foizdan 2024 yilda 4,1 foizgacha tezlashishi kutilmoqda, 2025 yilda esa 3,5 foizgacha sekinlashadi.
Ukrainada «rekord hosil 2023 yilda o‘sishni qo‘llab-quvvatladi, ammo yaqinda elektr infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazilishi 2024 yilda o‘sishni to‘xtatishi kutilmoqda», deydi ekspertlar. YeTTB prognozlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida Ukraina yalpi ichki mahsuloti hajmi 3,0 foiz, 2025 yilda esa 6,0 foiz bo‘ladi.
YeTTBning faoliyat hududlariga Markaziy Osiyodan tashqari Yevropa davlatlari, Turkiya hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning bir qismi kiradi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukrainaga kamida 200 ming nafar tinchlikparvar kerak
Jahon | 14:28
-
Yahudiy ko‘chkindilarga bekor bo‘lgan sanksiya, sudga berilgan Tramp va Turkiyadagi fojiali yong‘in - kun dayjesti
Jahon | 14:26
-
Ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
23 yanvar kuni harorat pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 14:24
Mavzuga oid
12:30
Isroil Kiyevga Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni taklif qildi
10:45
Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
22:08 / 21.01.2025
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
21:16 / 21.01.2025