O‘zbekiston | 14:32 / 09.02.2024
8522
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vati bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 9 fevralda ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi. Bunday harorat foni fevral oyi birinchi o‘n kunligi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 6–8 darajaga ko‘pdir.

Respublikaning tog‘li hududlarida harorat ko‘tarilishi hisobiga qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 10–11 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari +5...+8 daraja, kunduz kunlari +17...+19 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid