Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva 29 mart kuni Öğiljahon Gurbanguliyevna Atabayeva taklifiga binoan Turkmanistonda taşkil etilgan «Tinçlik va işonç yili: bolalar uçun xalqaro faoliyatni rivojlantiriş» nomli xalqaro konferensiyada iştirok etdi.

«Xalqlarimizni nafaqat qöşniçilik, balki asrlar davomida şakllangan qon-qardoşlik aloqalari, umumiy madaniyat va buyuk tarix boğlab turadi. Ayniqsa, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamğarmasining faoliyati menda katta taassurot qoldirdi — bu bolalarga ğamxörlik, mas’uliyat va samimiy muhabbatning yorqin namunasidir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Uning ta’kidlaşiça, forum kelajak avlodlar manfaati uçun hamjihatlikda işlaş, tajriba almaşiş va özaro samarali aloqalar uçun yangi imkoniyatlar oçadi.

«Biz hamkorlikka doim tayyormiz va birgalikda farzandlarimiz uçun bundan ham köproq işlarni qila olişimizga işonçimiz komil. Çunki ularning baxti — bizning umumiy kelajagimizdir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

















