Jamiyat | 20:08 / 02.05.2016
3586
1 daqiqa o‘qiladi

Rouling xonim “Harri Potter” filmining oxirgi qismidagi olim o‘limi voqeasi uchun uzr so‘radi

Joan Rouling o‘z tvitter sahifasida Harri Potter to‘g‘risidagi so‘nggi kitobda professor Rimus Lyupinni “o‘ldirgani” uchun kechirim so‘radi. 

Bu yili muallif an'ana bo‘yicha Hogvarts uchun jang kunida muxlislarning sevimli qahramonining “vafoti” uchun uzr so‘radi. Jangda Rimus bilan birga uning xotini Nimfadora Lyupin (Tonks) ham nobud bo‘ladi. 

Roulingning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorga kelish uning o‘zi uchun ham og‘ir bo‘lgan. Muharrir yozuvchining yig‘laganini u aynan professorning o‘limini tasvirlayotgan paytdagina ko‘rgan.