Jamiyat | 20:42 / 21.05.2015
9576
2 daqiqa o‘qiladi

9-sinf bitiruvchilari bittaga ko‘proq imtihon topshiradigan bo‘lishdi

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari uchun imtihonlar soni 8taga yetdi – mavjud imtihonlarga chet tili bo‘yicha imtihon ham qo‘shildi.

9-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya payti may oyining boshidanoq boshlandi. Bitiruvchilar birinchi bo‘lib 4-8 may kunlari jismoniy tarbiya fanidan imtihon topshirishdi. Qolgan imtihonlar esa har doimgidek 25 maydan keyin o‘tkaziladi.

26 mayda yurtimizdagi barcha maktablarda ona tili va adabiyoti, 29 mayda matematika bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi. Qolgan imtihonlarning o‘tkazilish jadvali maktab ma'muriyati tomonidan o‘rnatiladi, ular orasida fizika, kimyo, tarix va ta'lim o‘zbek tilidan boshqa tilda olib boriladigan maktab o‘quvchilari uchun davlat tilidan imtihonlar bor. Birinchi marta chet tilidan imtihon kiritildi.

Xalq ta'limi vazirligida chet tilidan imtihon kiritilishini o‘sib kelayotgan avlodning chet tillarni chuqur o‘zlashtirishiga qo‘shimcha stimul yaratish zarurligi bilan izohlandi.

Fanlar bo‘yicha imtihonlar orasida tayyorgarlik ko‘rish uchun 2 kun vaqt beriladi.