Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada dollar hidini taratuvchi budilnik ishlab chiqariladi
18 yoshli fransiyalik tadbirkor Giyom Rollan hidli budilniklarni (Sensor Wake) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Endgadget nashri xabar bermoqa.
Rollan taklif etayotgan budilniklar ertalab o‘zidan o‘tkir iforlarni taratish orqali uyg‘otishga mo‘ljallangan. Bunday budilniklardan yangi non, issiq kofe va hattoki dollar hidi taralishi mumkin. Bunday budilnik kartrij orqali ishlaydi va bir marta 7,5 dollar evaziga quyilgan kartrij 2 oyga yetishi mumkin. Budilnikning narxi 65 dollarga yaqin bo‘lishi aytilgan.
Rollan o‘z ixtirosini 2015 yilning noyabrida hayotga tadbiq etishi mumkin.
Qayd etish joizki, Rollanning bu loyihasi 2014 yilda o‘tkazilgan Google Science Fair tanlovida eng sara 15 ixtirodan biri sifatida qabul qilingandi.