O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro yer almashadi - Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i
«Ayrim joylardagi ayrim uchastkalarni beramiz, boshqa joylardagi boshqa uchastkalarni esa olamiz. Masala faqat shu tarzda hal etiladi», dedi Qamchibek Tashiyev.
Mart oyining birinchi o‘n kunligida Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegara bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlaydi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Qamchibek Tashiyevga asoslanib AKIpress xabar berdi.
U 2020 yil dekabrda O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘lganini eslatib o‘tdi.
Tashiyev muzokaralar haqida qisqacha gapirdi: «Ayrim joylardagi ayrim uchastkalarni beramiz, boshqa joylardagi boshqa uchastkalarni esa olamiz. Masala faqat shu tarzda hal etiladi. Ha, afsus. Ammo boshqa yo‘li yo‘q. Masalan, Ola Buqadan yer beramiz, ammo Suzoqdan yer olamiz», dedi u.
U shuningdek, Qirg‘iziston davlat chegaralarini qo‘riqlashni kuchaytirishini ma'lum qildi.
Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, yiliga 15 km masofaga tikanli sim o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
17:30
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
11:09 / 08.11.2024