O‘zbekiston | 14:57 / 21.07.2021
7074
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus farmonni imzolagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali.

Qayd etilishicha, yangi agentlikni tuzishdan maqsad mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta'minlash uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirishdir.

Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari sifatida tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash va boshqalar belgilanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlarni O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi Strategik rivojlanish agentligining kengashi tasdiqlaydi.

Mavzuga oid