Sport | 08:29 / 30.05.2015
1915
2 daqiqa o‘qiladi

Interpol FIFAdagi mojarolar bo‘yicha Argentinada tintuvlar o‘tkazmoqda

Interpolning Argentinadagi bo‘limi xodimlari mahalliy sud qaroriga ko‘ra, 29 mayda FIFA korruptsion ishiga aloqador bo‘lgan argentinalik tadbirkorlarning ofislarida tintuvlar o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda La Nacion portali.

Gap Torneos y Competencias kompaniyasi prezidenti Alexandro Bursako, Ugo Xinkise va uning o‘g‘li Mariano (Full Play kompaniyasi direktorlari) haqida ketmoqda. Bu kompaniyalar ofislarida tergovchilar ishlamoqda. Tintuvlardan maqsad ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan gumondor shaxslarning qayerdaligini anqlashga yordam beruvchi ma'lumotlarni qidirishdan iborat bo‘lmoqda.

Argentinalik tadbirkorlarni hibsga olishga order berilgan, avvalroq Argentina soliq xizmati ularni soliqlarni to‘lashdan qochish, pul yuvganlikda ayblagan edi. 27 mayda Tsyurixda FIFAning yuqori lavozimli amaldorlari korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan edi. Ular orasida FIFA vitse-prezidentlari Jyeffri Uebb va Euxenio Figeredo, shuningdek, Eduardo Li, Xulio Roka, Kostas Takkas, Rafael Eskivel, Xose Mariya Marin bor.