Jamiyat | 08:58 / 30.05.2015
5209
1 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi Mashad masjidining yangi binosi foydalanishga topshirildi

29 may kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi Mashad jome' masjidining yangi qurilgan binosida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Namangan viloyati bosh imom xatibi Abdulxay qori ham ishtirok etgan.

Marosimda qatnashgan boshqa ishtirokchilarning ma'lum qilishicha, shu kuni juma namoziga shu vaqtgacha hali kuzatilmagan darajada ko‘p namozxon tashrif buyurgan.

Bu masjid ba'zi xususiyatlariga ko‘ra, viloyatda yagona hisoblanishi aytilmoqda.

Masjid zamonaviy usulda 3 qavat qilib qurilgan hamda o‘rtadagi asosiy gumbaz atrofida 4ta baland minoralar o‘rnatilgan.