Jahon | 07:43 / 03.06.2015
1913
1 daqiqa o‘qiladi

Obama maxsus xizmatlar haqidagi qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti Barak Obama Senat tomonidan qabul qilingan "Maxsus xizmatlar haqida"gi qonun loyihasini imzoladi.

"Senat va nihoyat ozodlik haqida Aktni qabul qilganidan juda xursandman. Bu akt fuqarolarning huquqlarini himoya qiladi va mamlakat xavfsizligini ta'minlaydi. Bu qonun loyihasi menga qanday shaklda yetib kelgan bo‘lsa, shu holicha imzoladim", deb yozadi Obama o‘z tvitterida.

Biroz oldinroq, AQShda shu mazmundagi "Vatanparvarlik akti"ning amal qilish muddati yakunlangani xabar qilingandi.