Valeriy Zalujniyga Ukraina Qahramoni unvoni berildi
Taqdirlash marosimida Zalujniy ikki bor Zelenskiyni quchoqlab oldi.
Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgan armiya generali Valeriy Zalujniyga mamlakat eng oliy mukofoti – Ukraina Qahramoni unvoni berildi. Mukofotni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy topshirgan.
Bu boradagi prezident farmonida mukofot Zalujniyga «Ukraina suverenitetini himoya qilish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun» berilgani aytilgan. Zalujniyga Ukraina Qahramoni unvoni bilan birga «Oltin Yulduz» ordeni ham berildi.
Zalujniydan tashqari Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka tashkiloti rahbari general Kirill Budanov ham Ukraina Qahramoni unvoniga munosib ko‘rilgan. OAVda Budanov Zalujniyning o‘rniga bosh qo‘mondonlik uchun nomzodlardan biri sifatida qaralayotgani aytilgandi.
Harbiylarga unvonlarni topshirish marosimida bir kun avval Zulujniy o‘rniga bosh qo‘mondon etib tayinlangan Oleksandr Sirskiy ham qatnashgan.
Mavzuga oid
11:40
Germaniya Ukraina harbiylarining davolanishi uchun yana 50 mln yevro ajratadi
20:06 / 18.09.2024
Dronlar Tver oblastiga hujum qildi. U yerda raketa arsenali joylashgan
12:40 / 18.09.2024
Germaniya Ukrainaga qishki yordam uchun 100 mln yevro ajratadi
12:20 / 18.09.2024