Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi hisob-kitoblariga köra, ikki yarim yil avval boşlangan keng kölamli uruşda halok bölgan va yaralangan ukrainaliklar va rossiyaliklar soni taxminan 1 millionga yetgan. Harbiy harakatlar paytida 80 ming ukrainalik va 200 ming rossiyalik harbiy halok böldi, deb yozadi 17 sentabr, seşanba kuni naşr Ukraina manbalari va ğarb razvedka xizmatlari ma’lumotlariga asoslanib.
Ukraina va Rossiyada 400 ming harbiy xizmatçi yaralangan
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, Ukrainada ham, Rossiyada ham yaralangan harbiy xizmatçilar soni taxminan teng va har bir tomondan 400 mingga yaqin. Har ikki tomondan ölganlar va yaradorlarning aniq sonini aniqlaş juda qiyin, çunki Rossiya ham, Ukraina ham öz yöqotişlari haqidagi rasmiy hisob-kitoblarni e’lon qilişdan boş tortmoqda, şuningdek, işonçsizlikni keltirib çiqaradigan ma’lumotlarni beryapti, deb yozadi gazeta.
Ayni paytda, har ikki davlatdagi bunday katta yöqotişlar nafaqat hozir, balki kelajakda ham jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi – ular jang maydonida muammolarni yuzaga keltiradi va demografik xavotirlarni kuçaytiradi, deb yozadi WSJ. Şu bilan birga, aholisi bir neça baravar kam bölgan Ukraina uçun bunday yöqotişlar Rossiya Federatsiyasiga qaraganda ança katta zararga olib keladi, deya ta’kidlaydi jurnalistlar.
Ukraina va Rossiya rasmiylari yöqotişlar haqida rasmiy ma’lumot bermasa-da, jurnalistlar oçiq ma’lumotlar asosida halok bölganlar röyxatini yurityapti. "Mediazona" va "Bi-bi-si rus xizmati" ma’lumotlariga köra, uruşda 69 mingdan ortiq rossiyalik halok bölgan. Bu röyxatga barça halok bölgan rossiyalik harbiy xizmatçilar emas, faqat ölimi haqida ommaga ma’lum qilinganlargina kiritilgan.









