Jamiyat | 19:27 / 01.07.2016
28039
1 daqiqa o‘qiladi

Putin uchun 3 ming rubl atagan bolakay evaziga prezidentdan o‘zi kutmagan sovg‘a oldi

Rossiyaning Ingushetiya Respublikasida yashovchi 10 yashar Islom Gatiyev mamlakatga iqtisodiy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zi yig‘ib qo‘ygan 3 ming rublni Vladimir Putin qabulxonasiga jo‘natdi. Bu haqda Ingushetiya Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Islom prezidentga aprel oyida bo‘lib o‘tgan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” chog‘idan keyin maktub yozishga qaror qildi. U mamlakatdagi krizisning oldini olish uchun Putinga o‘zi yiqqan 3 ming rublni taqdim etmoqchi bo‘ldi.

Respublika hukumati matbuot-xizmatining ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti maktubga e'tibor qaratgan va o‘z shaxsiy imzosi bilan fotosuratini jo‘natgan.
Bolakayning pullari qaytarilgan va unga qo‘shib planshet va vilosiped sovg‘a qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish