Qatar O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etishni boshlaydi
Qatar mehnat vazirining ta’kidlashicha, mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, ta’lim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat mehnat vaziri Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.
2023 yilning 6 iyun kuni Samarqand shahrida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida «Qatar davlati hududida ishchi kuchi bandligini tartibga solish to‘g‘risida»gi bitim imzolangan. Uchrashuvda ushbu bitimni hayotga tatbiq etish mexanizmlariga to‘xtalib o‘tildi.
Qatar mehnat vazirining ta’kidlashicha, ushbu mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, ta’lim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori.
Ushbu davlatda ishlash istagida bo‘lganlarni qiynayotgan eng katta masala bu - til to‘sig‘i ekanligi aytib o‘tildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev ushbu muammoni yechish bo‘yicha shu yerdagi mavjud tajribadan kelib chiqib ishchi kuchini maqsadli tayyorlash bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinishi, ayni maqsad va ko‘rsatkichlar 2008 yilda tasdiqlangan Qatar Vision – 2030 dasturida ham o‘z aksini topganini ma’lum qilgan. Shuningdek, xorijlik ishchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sug‘urtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplash yo‘lga qo‘yilganini hamda chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etilganini aytib o‘tgan.
Uchrashuvda qayd etilganidek, ikki davlat vazirliklari o‘rtasida qo‘shma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yig‘ilishi Qatarda o‘tkaziladi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 16.10.2024
“Bu yerda talabaning yangi bilimlarni o‘zi xohlab o‘rganishi birinchi o‘rinda turadi” - Nyu-York universitetining o‘zbekistonlik talabasi
09:10 / 03.10.2024
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024