Zuhriddin Mansurov hozir 19 yoşda. U Qatar va BAAdagi ikki universitetdan jami 630 ming dollarlik grantni qölga kiritgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarni xorij OTMga öqişga tayyorlovçi loyiha muallifi. Zuhriddin Kun.uz bilan suhbatda hozir özi ta’lim olayotgan Abu Dabidagi Nyu-York universitetidagi öqitiş tizimi, talabalar uçun yaratilgan şaroitlar haqida gapirib berdi.

Komfort zona şaxsiy rivojlanişni çeklaydi

Namangan şahridagi prezident maktabida 9-sinfni bitirganimdan keyin Toşkentda xalqaro Vestminster universiteti litseyida öqişni davom ettirganman. Ikki yildan söng Qatardagi Jorjtaun universitetiga diplomatiya va xalqaro iqtisod yönalişiga qabul qilinganman. Uşbu universitetdan 300 ming dollar grant yutganman. Tört yil davomida 75 ming dollardan mablağ ajratilar, barça xarajatlar qoplab berilardi. Talabalar turar joyida beş yulduzli mehmonxonada yaşagandek hayot keçirardik: har bir talabaga bittadan xona, uning içida darsxona, yotoqxona, oşxona, sanuzel, barçasi alohidadan bölar edi.

Talabalar soni boşqa universitetdagilarga nisbatan kamroq bölgani uçun har bir şaxsga individual yondaşilgan holda dars ötilardi. OTM Qatarda bölsa ham Amerikadagi universitet bilan bir xil darajada ta’lim berilardi, hatto ba’zi bir Amerikada öqib kelgan talabalar Qatardagi öqişni qiyinroq deb baholaşardi. U yerda ta’lim va yaşaş yuqori darajada qulay edi, ayni şu tufayli özimda kuçli şaxsiy rivojlanişni körmadim va öqişimni boşqa oliygohga köçirişga qaror qildim. Fikrimça, komfort zonada doimiy yaşaş odamni ösişdan töxtatib qöyadi.

Abu Dabida öqiş “Amerika orzu”sini parçaladi

Jorjtaun universitetida öqiyotgan vaqtim 20 ta nufuzli OTMga hujjat topşirdim, ularning orasidan Abu Dabidagi Nyu-York universitetiga 330 ming dollarlik grant yutdim. Hozirda uşbu ta’lim dargohida moliya yönalişida 2-bosqiçda öqiyapman.

Bolalikdan orzum Amerikada öqiş edi. Biroq Abu Dabidagi moliyaviy muhitning rivojlanayotgani va bu yerda öz soham böyiça katta tajriba maydoni yaratilgani içimdagi “Amerika orzusi”ni butunlay parçalab taşladi. Hozirda xalqaro banklar öz investitsiyalarini Abu Dabiga köçirmoqda, olimlar tadqiqotlariga köra, bu şahar yaqin 5-6 yil içida dunyoning moliyaviy markaziga aylanadi.

Fanlar tanlovi keng, fakultet almaştiriş imkoniyati bor

Nyu-York universitetida bir semestrda 400 ga yaqin kurs taqdim etiladi, ularning orasidan qiziqişingizga qarab 3 yoki 4 ta kursni tanlaysiz. Fanlarni öz xohişingizga köra saralaysiz, bu borada heç kim sizga bosim ötkazmaydi. Universitetda talabaning yangi bilimlarni özi xohlab örganişi birinçi örinda turadi. Asosiy rakurs talabaning şaxsiy falsafasini kaşf qilişga qaratiladi.

26 ta fakultet bor, dastlabki, ikki yil davomida bir fakultetdan boşqa fakultetga öqişni köçiriş mumkin. Uşbu tizimdan közlangan maqsad talabaning “içki olovini yoqadigan” yönalişini topa olişiga imkon yaratiş. Masalan, birinçi kursda özim IT va iqtisod sohasida öqişni tanlaganman. Şu fanlarning içiga kirib öqib körganimdan söng bu yönalişda keta olmasligimni tuşunganman.

Professorlar talabalar bilan hisoblaşişga majbur

Universitetimizda kuçli professorlar dars ötadi, ularning orasida Nobel mukofotini qölga kiritganlar ham bor. Vaqtini avvaldan rejalaştirsangiz, individual darslar ham taşkillaştiriladi. Mabodo biror fandan past ball olsangiz, professor sizni yoniga çaqirib, ruhiy holatingiz, muammolaringiz haqida gaplaşadi, past baho olişingizga sabab bölayotgan holatga yeçim berişga harakat qilişadi.

Agar darslarda öz ideologiyangiz professornikidan ustunligini aniq faktlar bilan isbotlab bera olsangiz, professor sizga qarşi çiqib, öz qaraşida turib olmaydi. Bu tizim talabalarda tanqidiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiradi.

Har semestrda sayohat uçun 1000 dollar

Universitetning öziga xos tomoni şundaki, talabalarga har semestrda boşqa davlatlarga sayohat qiliş uçun 1000 dollar mablağ ajratiladi. Bu talabalarning global dunyoqaraşga ega şaxs sifatida şakllanişi uçun işlab çiqilgan tizim hisoblanadi. Şaxsan özim bir yil içida Gruziya, Turkiya, Ummon davlatlariga bordim va soham böyiça tajriba töplab qaytdim.

Talabaning soğliği eng muhim omil

Nyu-York universitetida talabalarga ovqatlaniş uçun katta miqdorda pul taşlab beriladi. Uşbu mablağdan faqat taom sotib oliş uçun foydalaniş mumkin. Iqtisodiy salohiyati past mamlakatlardan kelgan talabalarning köpi ovqat uçun berilgan pulni uyga jönatişlarini bilgan holda universitet rahbariyati mablağ faqat taom xarid qilişga yönaltirilgan tizim yaratgan. Universitet oşxonasidan tezpişar taomlar (fast-fud)ni topiş qiyin, birinçi örinda talabalarning soğlom va töyib ovqatlanişiga e’tibor qaratiladi. Har bir ovqat idişiga kaloriya va yoğ miqdori yozilgan böladi, şu asosida taomlanişingizni tartiblab olişingiz mumkin.

Bir soat işlaganga 11 dollar maoş

Universitetda birinçi kursdan öqişdan taşqari işlaşni boşladim. Karerani rivojlantiriş markazida maslahatçi bölib faoliyat yuritdim. Har soat işlaganimga 11 dollardan pul tölaşdi. Vazifam talabalarning rezyumelarini töldiriş, ularni işga joylaşiş böyiça intervyularga tayyorlaşdan iborat. Haftada 14 soatdan işlardim va bir semestrda jamğargan mablağim $2000 dan oşgan.

“Tajribalarimni Özbekistonda qöllamoqçiman”

Universitetimizning 12 ta davlatda öz filiali mavjud. Istalgan birida talabalar bir semestr öqib kelişi mumkin. Özim 2025 yanvar oyida London va Nyu-Yorkda ta’lim oliş imkoniyatini qölga kiritdim.

Abu Dabi, London va Nyu-Yorkda örgangan bilim va tajribalarim orqali Özbekistonning moliyaviy salohiyatini oşirişni maqsad qilganman. Mahalliy kompaniyalarda amaliyot ötaş jarayonida sezdimki, mamlakatimizda kunlik aksiyalar sotilişi miqdori juda kam, investitsiyalarni jalb qiliş borasida hal qilinişi kerak bölgan masalalar hali köp.

Töliq intervyuni Kun.uz YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.

Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operatorlar: Ziyaddin Mamatjonov, Şerzod Egamberdiyev
Montaj ustasi: Javohir Ğayratov