Iqtisodiyot | 08:23 / 13.02.2026
3073
2 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilikdagi yengillik: kimlar daromad solig‘ini kam to‘laydi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi fuqarolar uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan. Jumladan, 2 va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar ish haqidan undiriladigan daromad solig‘ini kamroq to‘laydi.

Bunday yolg‘iz onalarning har oylik daromadining mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorigacha bo‘lgan qismi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Hozirgi hisob-kitobga ko‘ra, bu 1 792 110 so‘m miqdorni tashkil etadi. Ya’ni, ushbu summa doirasidagi daromaddan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydi.

Mazkur soliq yengilligi avtomatik ravishda emas, balki hujjat asosida qo‘llanadi.

Buning uchun:

  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etiladi;
  • ma’lumotnoma ish beruvchiga topshiriladi;
  • shundan so‘ng buxgalteriya tomonidan soliq hisob-kitobida imtiyoz qo‘llanadi.

Ushbu yengillik ko‘p farzandli yolg‘iz onalarning moliyaviy yukini kamaytirish, oilaviy budjetini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Soliqdan qisman ozodlik oylik daromadning ko‘proq qismi oila ehtiyojlari uchun qolishiga xizmat qiladi.

Qonunchilikda belgilangan bunday imkoniyatlardan xabardor bo‘lish va o‘z vaqtida foydalanish fuqarolar uchun muhim ahamiyatga ega.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid