Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda «Burj Xalifa»dan 100 metr balandroq bo‘lgan yangi osmono‘par minora qurilishi boshlanmoqda
Dubayning eng taniqli loyihalashtirish kompaniyasi Emaar Properties kelasi hafta Dubai Creek Harbour (Dubay ko‘rfazi bandargohi) osmono‘par minorasining qurilish ishlarini boshlaydi. Bu haqida kompaniya raisi Muhammad Alabbar CNN’ga bergan intervyusida xabar qildi.
Dubai Creek Harbour — Dubay-Krik sohilida 6 kvadrat kilometr maydonni qamrab oluvchi baland binoli majmua. Dubaydagi yangi minora 828 metrli «Burj Xalifa»dan 100 metr balandroq bo‘ladi va dunyoning eng baland osmono‘par minorasiga aylanadi.
Yangi minora loyihasi 2016 yilning 10 aprel sanasida tantanali ravishda e'lon qilingan. Yangi majmua vaqtincha Dubay ko‘rfazi bandargohi (Dubai Creek Harbour) degan nomni olgan.

«Minorada butik-mehmonxona, bir necha qavatli bog‘lar, go‘zal yashil suv oquvchi maydonlar, delfinariya, restoranlar, kuzatish nuqtalari (observatoriya) va funksiyalashtirilgan zallar mavjud bo‘ladi. Minora juda baland qurilgani va kabellar hajmi katta bo‘lgani uchun majmua maydoni ham ulkan bo‘ladi. Yerga o‘rnatilgan kabellar minorani ushlab turadi. Kabellar xuddi yarqiroq zargarlik buyumlariga o‘xshaydi», - deydi Alabbar.
Qurilish ishlari uchun ketadigan xarajatlarning boshlang‘ich narxi 1 milliard dollarga baholangan. Santyago Kalatvara Vals — Dubay Krik Xarbor minorasining arxitektori. Asli ispan, fuqaroligiga ko‘ra shveysariyalik arxitektor Yevropa va Amerikadagi olamshumul futuristik qurilish loyihalari bilan tanilgan.

Dunyodagi eng baland osmono‘par minora 2020 yilning 20 oktabrda ish boshlovchi Dubai Expo'ning ochilish marosimigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.