Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 60 nafarga yaqinlashdi
Foto: REUTERS
Meksikada yuz bergan kuchli zilzila 58 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Associated Press axborot agentligining Meksika avariya-qutqaruv xizmati rahbariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, eng ko‘p qurbonlar zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Oaxaka shtatida qayd qilingan. Bu yerda qurbonlar soni 45 kishini tashkil qilgan.
Yana 10 kishi Chyapas shtatida, 3 kishi Tabaskoda halok bo‘lgan.
Meksikadagi zilzila 8 sentabr ertalab Pixixyapan shahridan janubga tomon 96 km uzoqlikda yuz bergan.
Mavzuga oid
14:14 / 18.11.2025
Tramp Meksikadagi narkokartellarga AQSh zarbalarini istisno etmadi
16:03 / 16.11.2025
Meksikada shahar meri o‘ldirilishi ortidan yirik namoyish boshlandi
16:46 / 06.11.2025
Meksikada mast kishi ko‘chada prezidentni o‘pmoqchi bo‘ldi
22:11 / 03.11.2025