Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gol urish mashaqqati yoxud Igor Sergeyevning nursiz o‘yini davom etadi
Foto: i.ifeng.com
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyevning bugungi kunga kelib gol ura olmayotgani internet saytlari hamda gazetalarda bot-bot tilga olinmoqda. Chindan ham Sergeyev gol urishni unutib qo‘ygandek. Terma jamoa tugul, klubi safida ham gol ura olmayapti.

Igor Sergeyev ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi. U Xitoyga ketishi oldidan oliy ligada goleador hujumchi sifatida ko‘plab gollarni urishda davom etayotgandi. Biroq uning chin yurtiga yo‘l olishi Sergeyevning gol urish qobilyatiga ta'sir qilgan ko‘rinadi. Xullas, Igor Sergeyev oxirgi 15ta uchrashuv, 836 daqiqadan beri to‘p kirita olmayapti.

U oxirgi marotaba 30 iyun kuni "Obod"ga qarshi kechgan uchrashuvda gol urgandi. O‘shanda safarda "Paxtakor" jamoasi oliy liga debyutantini 4:1 hisobida mag‘lub qilgan va gollardan birini Sergeyev yo‘llagandi. Shundan keyin u "Beyjin Guon"ga yo‘l olgandi. Sergeyev bu klub safida 11ta uchrashuv o‘tkazdi. Aniqrog‘i, 493 daqiqa vaqt davomida maydonga to‘p surgan bo‘lishiga qaramay, hamon chin yurtidagi gollari sonini ochishga erishmadi. O‘zbekiston terma jamoasining Suriya, Qatar, Eron va Xitoyga qarshi bo‘lgan bahslarida ham Sergeyev maydonni golsiz tark etmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 22.08.2023
OChL. «Patxum Yunayted» Sergeyevning het-triki evaziga «Shanxay Port»ni mag‘lub etib, guruh bosqichiga chiqdi
20:30 / 09.04.2021
Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi
00:52 / 16.02.2021
Igor Sergeyev Qozog‘iston klubiga o‘tadi
21:36 / 07.07.2019